Ðåçóëüòàòîâ: 37

O‘zbekiston va Qozog‘iston ekologik muammolar ustida birgalikda ishlashga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Buxorodagi uchrashuvda chegaraoldi hududlarida “Toza havo” loyihasini birgalikda ilgari surish va suvdan oqilona foydalanish ustida ishlashga kelishib oldi. Mamlakatlar tashqi bozorlarga samarali chiqish uchun chegara infratuzilmasini birgalikda modernizatsiya qilish niyatida. gazeta.uz »

2026-4-12 14:36

Toshkentdagi “O‘zikkilamchiranglimetall” korxonasi ekologik xavfi yuqori bo‘lgani uchun boshqa hududga ko‘chiriladi

Ekologiya qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan Yangihayot tumanidagi ekologik xavfi yuqori bo‘lgan obyektlar sirasiga kiritilgan “O‘zikkilamchiranglimetall” korxonasi boshqa hududga ko‘chiriladi. Qo‘mita bu orqali atmosferaga qariyb 226,7 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi oldi olinishini qayd etdi. gazeta.uz »

2026-1-14 09:07

Ekologik halokat yoqasida barchamiz jamiyat manfaatlari uchun haqiqatni aytishga o‘rganishimiz kerak

So‘nggi hafta havo ifloslanishi muammosini tan olish hamda uzoq kutilgan va shoshilinch qarorlar qabul qilish haftasi bo‘ldi. Hozir o‘zimiz - o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi munosabatlarda, davlat va jamiyat aloqalarida to‘g‘riso‘zlik va xatolarni tan olish jasorati har qachongidan ham muhim, deb yozadi Sabina Bakayeva. gazeta.uz »

2025-11-27 21:22

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyatga doir yig‘ilish o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas choralarga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Ekonazoratni yaxshilash, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilish talablarini kuchaytirish, keng ko‘lamli obodonlashtirish, monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish choralari ishlab chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-11-24 20:06

O‘zbekistonda BHM o‘sishi bilan 1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar ham oshadi

1-avgustdan O‘zbekistonda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun yangi jarima miqdorlari amalga kiritiladi: chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash uchun jarima - 412 ming so‘mdan, xazonlarni yoqish - 1,2 mln so‘mdan, daraxtlarni kesish - 10,3 mln so‘mdan boshlanadi. Bu BHM oshishi bilan bog‘liq. gazeta.uz »

2025-7-31 14:38

Bosh prokuratura va “O‘zbekkosmos” ekologik huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashadi

Bosh prokuratura va “O‘zbekkosmos” agentligi huquqbuzarliklar va jinoyatlarni aniqlashda hamkorlik qilishga kelishib oldi. Aerokosmik texnologiyalar yordamida daraxt kesish va yashilliklarni qisqartirish, noqonuniy qurilishlar, daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlashdagi qoidabuzarliklar kuzatiladi. gazeta.uz »

2025-5-23 21:40

2030-yilgacha aholining ekologik madaniyatini oshirish konsepsiyasi tasdiqlandi

Ekoinspektorlarga qurilishda havo ifloslanishi, o‘simliklar shikastlanishi, yovvoyi hayvonlar noqonuniy boqilishi holatlarida biznesda shoshilinch tekshiruv o‘tkazishga ruxsat beriladi. 1-dekabrdan ekologiyaga oid ochiq ma’lumotlar bazasi ishga tushadi: daraxt ekish joylaridan tortib ekologik qoidabuzarliklargacha. gazeta.uz »

2025-5-19 21:03

“Toza havo” oyligi boshlandi: ko‘chalarda mashinalarning ekologik holati tekshiriladi

10-apreldan O‘zbekistonda “Toza havo” oyligi start oldi. Hududlarda YPX xodimlari va ekologlar ishtirokida mashinalar havoga chiqarayotgan zararli moddalar tekshiriladi. Ekologik nosoz deb topilgan avtomobillar haydovchilariga chora ko‘riladi, ayrim holatlarda ulardan foydalanish vaqtincha taqiqlanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-4-10 18:28

O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi: ekologik chorami yoki savdoga to‘siq?

1-maydan import elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi miqdori sezilarli oshadi. Investitsiyalar vazirligi vakili Inomjon Abdurahmonov buni akkumulyatorlarni qayta ishlash infratuzilmasini yaratish va mahalliy avtosanoatni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan izohladi. “Gazeta.uz” uning dalillarini o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-2-14 18:10

BMT Qoraqalpog‘istonda suv, kanalizatsiya va ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushirdi

BMT agentliklari Orolbo‘yi mintaqasi Ko‘p sheriklik trast fondi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda ikkita yangi loyihani ishga tushirdi. YUNISEF loyihasi 4 ta tumanda toza ichimlik suvdan foydalanishni yaxshilashga, BMTTD va FAO loyihasi mahalliy aholiga ekologik muammolarni hal etish ko‘nikmalarini berishga qaratilgan. gazeta.uz »

2024-8-20 07:33