Ðåçóëüòàòîâ: 81

Toshkent — Samarqand tezyurar temiryo‘l loyihasi tender oldidan takomillashtiriladi

O‘zbekiston Transport vazirligi Toshkent - Samarqand yangi tezyurar temiryo‘l loyihasi TIAning so‘nggi versiyasini qabul qildi, dedi vazir o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, tenderni boshlashdan oldin loyiha investitsion jozibadorlik nuqtai nazaridan yana takomillashtiriladi. gazeta.uz »

2026-5-5 11:12

Ekspertiza Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasi birinchi bosqichini ma’qulladi, ammo takomillashtirishlarni talab qildi

Davlat ekologik ekspertizasi markazi filiali Chorvoq suv ombori sharqiy sohilidagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi birinchi bosqichiga ijobiy xulosa berdi. Ekspertlar ko‘p parametrlar hozircha dastlabki ekanini qayd etib, qo‘shimcha tadqiqotlar, aniqlashtirishlar va majburiy shartlar bajarilishini talab qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-24 11:29

O‘zbekistondagi kichik AES loyihasi Rossiya uchun 24,7 mlrd dollargacha buyurtma olib keladi — “Rosatom”

O‘zbekistonda AES qurilishi Rossiya sanoatiga 2 trln rublgacha (24,7 mlrd dollar) buyurtmalar olib keladi va 1000 ga yaqin ish o‘rni yaratadi, dedi “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachyov. Loyiha direksiyasi avvalroq ikkita reaktorli kichik stansiya qiymati 1 mlrd dollardan oshmasligini ta’kidlagan edi. gazeta.uz »

2026-3-26 13:03

Sea Breeze loyihasi oqova va ichimlik suv tizimlari hamda Chorvoq va Toshkentga qanday ta’sir qiladi?

Sea Breeze Uzbekistan kurortining oqova va ichimlik suv tizimlari 2027-yil yakunigacha qurilishi aytilmoqda. Majmuaga Chorvoq suv omboridan yiliga 10 mln kub metr suv olish ko‘zda tutilyapti. “Loyiha Toshkent aholisi ichimlik suviga ta’sir qilmaydi”, - dedi Toshkent viloyati hokimligi vakili. Gazeta reportaji. gazeta.uz »

2026-2-16 02:33

“Ezgulik” jamiyatiga antikorrupsiya loyihasi uchun yutgan 500 mln so‘m grant mablag‘i berilmaydigan bo‘ldi. Nimalar ma’lum?

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish loyihasi uchun yutgan 500 mln so‘m grant mablag‘i berilmaydigan bo‘ldi. Parlament komissiyasiga ko‘ra, Antikorrupsiya agentligi shartnoma imzolamagach, pul Moliya vazirligiga qaytarilgan. “Ezgulik” jamiyati senator hamda agentlikni sudga bermoqchi. gazeta.uz »

2026-2-13 19:34

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi nega cho‘zilmoqda? Akmal Burxanov izohi

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi takomillashtirilib, uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish jarayoni ketmoqda va bu vakolat Adliya vazirligida, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxanov. “Bu to‘xtab qoladigan hujjat emas”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-2-7 08:38

O‘zbekistonning 2026-yilga mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Asosiy jihatlar

Deputatlar 2026-yilga mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Loyihaga ko‘ra, YAIM 6,6% ga o‘sishi, inflyatsiya 7% gacha pasayishi prognoz qilinmoqda. Budjet taqchilligi bo‘yicha limitni 3% (59,9 trln so‘m), tashqi qarzlar yuqori chegarasini 5 mlrd dollar miqdorida belgilash taklif etilgan. gazeta.uz »

2025-12-5 08:59

Nukusda veterinarlarga ko‘maklashish uchun Aral Vet Mission loyihasi ishga tushiriladi

Brijit Bardo fondi treninglaridan o‘tgan Toshkent veterinarlari Nukusda zamonaviy materiallar va preparatlardan foydalanib hayvonlarni sterilizatsiya qilish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazadi. Bunday imkoniyat “Xayot” NNT va uning “Mushukkent” bo‘linmasining Aral Vet Mission ta’lim loyihasi doirasida yaratildi. gazeta.uz »

2025-11-13 15:50

Avtoyo‘llar to‘g‘risidagi yangilangan qonun loyihasi nimalarni nazarda tutadi? Tafsilotlar

Qonunchilik palatasi 8-iyul kungi yig‘ilishida “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat piyodalar xavfsizligini ta’minlagan holda budjetga tushadigan yuklamani kamaytirish va pulli yo‘llar qurish uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan. gazeta.uz »

2025-7-11 16:19

O‘zbekiston va Ozarbayjon Yevropaga elektr energiyasi eksporti loyihasi realizatsiyasini tezlatmoqchi

Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishida O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari O‘rta yo‘lak orqali tashilayotgan o‘zbek yuklari hajmi 25% ga oshganini qayd etdi. Shuningdek, ular Yevropaga elektr energiyasi eksport qilish loyihasini tayyorlashni tezlashtirishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2025-7-2 16:11

Toshkentdagi Rustaveli ko‘chasining rekonstruksiya loyihasi mualliflari bilan suhbat: munozarali yechimlarga javoblar

Shota Rustaveli ko‘chasining rekonstruksiyasi boshlandi. Shahar ahlida loyihadagi yechimlar: yerosti piyodalar o‘tish joylarini takrorlash, yo‘laklar kengligi, ko‘cha markazidagi maxsus yo‘lak bo‘ylab jamoat transporti harakatiga doir ko‘plab savollar bor. Gazeta bu savollarni loyiha mualliflariga berdi. gazeta.uz »

2025-6-28 18:11

Ha, onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari blogerlardir. AOKA qonun loyihasi bo‘yicha e’tirozlarga munosabat bildirdi

AOKA onlayn platformalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha e’tirozlarga munosabat bildirdi. Ular onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari shundoq ham blogerlar hisoblanishini ta’kidlab, kontent “faqat jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solsagina” noqonuniy deb hisoblanishiga ishontirdi. gazeta.uz »

2025-5-31 10:07

Onlayn platformalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi: foydalanuvchilar va blogerlar uchun nima o‘zgaradi?

Jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yilgan qonun loyihasi O‘zbekistondagi onlayn platformalar va saytlar (OAV emas), blogerlar va inflyuyenserlarga nisbatan talablar belgilaydi. Agar noqonuniy kontentni o‘chirish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bajarilmasa, sud qarorisiz foydalanuvchilarning kirishi cheklanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-5-13 07:45

O‘zbekistonda kichik AES loyihasi jadvaldan oldinda ketmoqda — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekistonda kichik AES qurilishi jadvaldan oldinda, birinchi beton 2026-yilning ikkinchi choragida quyilishi rejalashtirilgan, dedi “O‘zatom” rahbari. Stansiya uchun Fransiya va Xitoy texnologiyalari ko‘rib chiqilmoqda, loyiha MAGATE tomonidan nazorat qilinadi. “Bu shunchaki parranda fabrikasi qurish emas”, dedi u. gazeta.uz »

2025-3-24 11:34

O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Asosiy ma’lumotlar

Strategik islohotlar agentligi tungi iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Unda 24/7 ishlaydigan zonalar, tungi bozorlar, madaniy tadbirlar va infratuzilmani rivojlantirish, “Tungi shahar” platformasi hamda koordinator lavozimi orqali xizmatlarni muvofiqlashtirish nazarda tutilgan. gazeta.uz »

2025-1-23 14:22