Ðåçóëüòàòîâ: 15

O‘zbekistonda uy-joy va ijtobyektlarda energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha “keng ko‘lamli ishlar” boshlanadi

2026-yilda O‘zbekiston energiya sarfini kamaytirish uchun ijtimoiy va turar joy binolarini modernizatsiyalashni boshlaydi. Bunga 150 mlrd so‘m subsidiya ajratildi. Energosamaradorlikni oshirish uchun 770 ta ijtimoiy obyektga $264 mln xalqaro moliyalashtirish ajratiladi. 100 km issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash kerak. gazeta.uz »

2026-1-15 20:17

Toshkentda tirbandlik va YTHlarni kamaytirish bo‘yicha markaz tashkil etiladi

Poytaxtda yagona yo‘l harakatini tashkil etish markazi ishga tushadi. U transport va piyodalar oqimlarini tahlil qiladi va intellektual transport tizimini joriy etadi. Tizim tirbandliklarni bashorat qilish, marshrutlarni optimallashtirish va svetofor fazalarini adaptiv tarzda o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-3 15:56

O‘zbekiston xizmatlar sohasida soliq yukini kamaytirish, lekin budjet daromadlarini saqlab qolishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati xizmat ko‘rsatish sohasida soliq yukini kamaytiradigan, lekin budjet daromadlari hajmini saqlab qoladigan yechim ustida ishlamoqda, dedi Soliq qo‘mitasi rahbari. U ko‘plab soliq tizimlarini sanab, tadbirkorlarga aylanma soliqni bekor qilish masalasini muhokama qilishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-7-6 07:00

Tramp ma’muriyati tirbandlikni kamaytirish uchun joriy qilingan Nyu York markaziga kirish to‘lovini bekor qilishni buyurdi

Donald Tramp ma’muriyati tig‘iz soatlarda Nyu York shahri markaziga kirish uchun to‘lovni bekor qilishni buyurdi. AQSh prezidentining noroziligiga sabab bo‘lgan dastur yil boshida tirbandlikka qarshi kurashish va jamoat transporti uchun pul yig‘ish maqsadida joriy qilingandi. Shahar rasmiylari sudga murojaat qildi. gazeta.uz »

2025-2-20 21:11

Energetika korxonalarining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish — prezident

Prezident elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. U 2025-yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishini ta’kidladi. Har bir energetika korxonasining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish, dedi davlat rahbari. gazeta.uz »

2024-11-4 20:46

Antikorrupsiya agentligi hokimlarning yopiq qarorlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi

Hokimlar imzolayotgan qarorlarning 30 foizdan ortig‘i noqonuniy ravishda yopiq holda qabul qilinmoqda. Ularning ko‘pi davlat xaridlari va budjet mablag‘larini sarflash bilan bog‘liq. Akmal Burxanovga ko‘ra, bunday holatlarga qarshi kurash uchun agentlik bir qator tashkilotlar hamkorligida takliflar ishlab chiqdi. gazeta.uz »

2024-10-17 14:02

O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvlari to‘lovlarini kamaytirish va tranzit bitimini muhokama qildi

Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifida yuk tashuvlar uchun to‘lov va yig‘imlarni kamaytirish hamda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit bitimi muhokama qilindi. Tomonlar Hayraton-Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma muddatini yana 6 oyga uzaytirdi. gazeta.uz »

2024-7-9 12:16