Ðåçóëüòàòîâ: 32

Mart oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 0,6 foizgacha sekinlashdi. Tovar va xizmatlar narxlari qanday o‘zgardi?

Martda O‘zbekistonda inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi, narxlarning yillik o‘sishi 7,1 foizgacha sekinlashdi. Oziq-ovqat narxlari boshqa tovarlar narxlariga nisbatan tezroq o‘sishda davom etmoqda: kartoshka 9,8 foizga, tuxum 2,1 foizga, go‘sht 1,8 foizga, shakar 1,7 foizga, o‘simlik yog‘i esa 0,9 foizga qimmatlashdi. gazeta.uz »

2026-4-6 14:28

2026-yilda O‘zbekistonda xizmatlar bozori hajmi 100 mlrd dollardan oshiriladi — prezident

2026-yilda kreditlar, subsidiyalar, turizmni rivojlantirish va minglab yangi servis obyektlarini ishga tushirish hisobiga xizmatlar bozori hajmini $100 mlrd dan oshirish rejalashtirilmoqda. 2030-yilgacha xorijiy sayyohlar oqimini 20 mln kishiga, turistik xizmatlarni esa 20 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-1-8 15:58

Reklama qonunchiligi bo‘yicha taklif: moliyaviy xizmatlar reklamasida kredit oqibatlari haqida ogohlantirish bo‘lishi kerak

Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 43-moddasiga kredit oqibatlari haqida ogohlantirish bo‘yicha o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, kredit va mikroqarzlar reklamasida reklama maydoni va vaqtining kamida 10 foizi ehtimoliy moliyaviy xatarlar to‘g‘risida ogohlantirishga ajratiladi. gazeta.uz »

2025-10-17 12:33

O‘zbekistonda 10 ta xususiy klinika litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlarida 10 ta xususiy klinikada litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatilayotgani ma’lum bo‘ldi. 7000 dan ortiq tibbiyot muassasasida o‘tkazilgan tekshiruvlarda peshlavhalar, davlat tilidagi ma’lumotlar va narxnomalarning yo‘qligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar ham aniqlandi. gazeta.uz »

2025-10-15 10:01

O‘zbekiston xizmatlar sohasida soliq yukini kamaytirish, lekin budjet daromadlarini saqlab qolishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati xizmat ko‘rsatish sohasida soliq yukini kamaytiradigan, lekin budjet daromadlari hajmini saqlab qoladigan yechim ustida ishlamoqda, dedi Soliq qo‘mitasi rahbari. U ko‘plab soliq tizimlarini sanab, tadbirkorlarga aylanma soliqni bekor qilish masalasini muhokama qilishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-7-6 07:00

Inflyatsion kutilmalar: Kommunal xizmatlar qimmatlashishi va energiya narxi asosiy xavotir bo‘lib qolmoqda

Aprelda aholining inflyatsion kutilmalari 14,2 foizni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. Tadbirkorlarning kutilmalari esa biroz pasayib 12,8 foizgacha tushdi. Aholida ham, tadbirkorlarda ham kommunal xizmatlar hamda yoqilg‘i va energiya narxining qimmatlashishi asosiy xavotir bo‘lib qolmoqda. gazeta.uz »

2025-5-13 10:13

Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon avtoyo‘llarida turli pulli xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi

Prezidentga Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘llari loyihalarining hozirgi holati taqdimot qilindi. Geodeziya ishlarini jadallashtirib, yo‘llar hududini tayyorlash, qurilishga mablag‘ va pudratchilarni jalb qilish, yo‘llarda turli pulli xizmatlar yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2025-3-27 23:40

Inflyatsion kutilmalar: aholi va biznes eng ko‘p kommunal xizmatlar qimmatlashidan tashvishlanmoqda

Yanvarda aholining kelgusi bir yil uchun inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 14,4 foizni tashkil etdi. Tadbirkorlarning kutilmalari pasaydi (-1 foiz). Aholi ham, biznes ham kelgusida narxlar oshishiga eng ko‘p kommunal xizmatlar qimmatlashishi sabab bo‘lishini qayd etgan. gazeta.uz »

2025-2-10 14:08

O‘zbekistonda “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston shifoxonalarida o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijlik davolangan. Prezident ko‘rsatkichni oshirish uchun “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi boshlanishini e’lon qildi. Endi xususiy klinikalarning xalqaro standart olish xarajatlari qoplanadi, ularda davolangan chet elliklar uchun QQS qaytariladi. gazeta.uz »

2024-6-3 17:52