Ðåçóëüòàòîâ: 17

Go‘sht, metan, haydovchilik kurslari, aviachiptalar, kommunal to‘lovlar — 2025-yilda nima eng ko‘p qimmatlashdi?

2025-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya 7,3% gacha sekinlashdi. Yil davomida oziq-ovqatlardan limon (+96,3%), qo‘y go‘shti (+26,8%), suyaksiz mol go‘shti (+25%), suyakli mol go‘shti (+23,9%), bodring (+16%), xizmatlardan haydovchilik kurslari (+59%), aviachiptalar (+56,9%), tarmoq gaz (+39,2%) eng ko‘p qimmatlashdi. gazeta.uz »

2026-1-10 07:25

“Yo‘lni kavlamay avariyalarni bartaraf etish mumkinmi?” Qurilish va kommunal xo‘jalik vazirligi javobi

O‘zbekistonda muhandislik tarmoqlariga asfaltni buzmasdan xizmat ko‘rsatish uchun yerosti kollektorlari joriy etilmoqda. Qurilish va kommunal xo‘jalik vaziri o‘rinbosari qayd etishicha, bunday yechimlar faqat yangi loyihalarda qo‘llanilishi mumkin, eski kommunikatsiyalarni ta’mirlash xarajatlari yuqori va noqulay. gazeta.uz »

2025-10-10 16:25

Inflyatsion kutilmalar: Kommunal xizmatlar qimmatlashishi va energiya narxi asosiy xavotir bo‘lib qolmoqda

Aprelda aholining inflyatsion kutilmalari 14,2 foizni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. Tadbirkorlarning kutilmalari esa biroz pasayib 12,8 foizgacha tushdi. Aholida ham, tadbirkorlarda ham kommunal xizmatlar hamda yoqilg‘i va energiya narxining qimmatlashishi asosiy xavotir bo‘lib qolmoqda. gazeta.uz »

2025-5-13 10:13

Inflyatsion kutilmalar: aholi va biznes eng ko‘p kommunal xizmatlar qimmatlashidan tashvishlanmoqda

Yanvarda aholining kelgusi bir yil uchun inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 14,4 foizni tashkil etdi. Tadbirkorlarning kutilmalari pasaydi (-1 foiz). Aholi ham, biznes ham kelgusida narxlar oshishiga eng ko‘p kommunal xizmatlar qimmatlashishi sabab bo‘lishini qayd etgan. gazeta.uz »

2025-2-10 14:08

Kommunal xizmatlari narxlari ko‘tarilishi fonida o‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmasi keskin oshdi

O‘zbekiston aholisining yillik inflyatsion kutilmasi kommunal xizmatlar narxlari ko‘tarilishidan so‘ng keskin oshdi, deyiladi Markaziy bankning martda o‘tkazgan so‘rovi natijasida. Korxonalar ham bu omilni qayd etgan, ammo ular valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siridan ko‘proq tashvishlanmoqda. gazeta.uz »

2024-5-15 13:37