Ðåçóëüòàòîâ: 467

“Gukeshning eng yaxshi formasiga tayyorgarlik ko‘raman”. Javohir Sindarov — shaxmat toji uchun bo‘ladigan bahs haqida

Javohir Sindarov jahon shaxmat toji uchun bo‘ladigan bahsga tayyorgarlikda Gukeshning so‘nggi omadsiz natijalariga qarab ish tutmasligini aytdi. U Sent-Luisda bergan intervyusida, shuningdek, Jeneva shahrining bahs uchun tanlangani va Grand Chess Tour musobaqasidagi vazifalari haqida gapirdi. gazeta.uz »

2026-8-11 22:42

O‘zbekistonda biznes uchun kreditlar qariyb uch yildagi eng past darajagacha arzonlashdi — Markaziy bank

Iyun oyida so‘mdagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka yillik 21,6 foizgacha pasaydi - bir oyda 0,4 foiz bandiga, bir yilda esa 1,4 foiz bandiga. Biznes uchun bank kreditlari 21,8 foizgacha arzonlashib, 2023-yil oktabridan buyon eng past darajaga tushdi. Ayni paytda aholi uchun kredit stavkalari biroz oshdi. gazeta.uz »

2026-8-6 10:56

MB mijozlarning shikoyatlari bilan eng yomon ishlayotgan banklar ro‘yxatini e’lon qilib boradi

Markaziy bank O‘zbekistonda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlarga ega banklarni ommaga e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Regulyator rahbari Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, buning uchun maxsus indeks ishlab chiqilgan bo‘lib, uni yaqin vaqt ichida e’lon qilish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-6-16 07:26

Yaqin Sharqdagi urush so‘nggi 4 yildagi energoresurslar narxining eng keskin o‘sishiga sabab bo‘ladi — JB

2026-yilda Yaqin Sharqdagi urush tufayli kutilayotgan global narxlarning sakrashi - energiya resurslari +24%, o‘g‘itlar +31% - oziq-ovqat va yoqilg‘i narxlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Jahon banki bahosiga ko‘ra, bu rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyani 5,1% gacha tezlashtiradi. gazeta.uz »

2026-4-30 00:00

Toshkent shahri hokimligi Ochiqlik indeksida eng past natija bilan qayd etildi

Antikorrupsiya agentligi 2025-yilgi Ochiqlik indeksini e’lon qildi. Indeksning yuqori o‘rinlarini “O‘zbekgidroenergo”, NKMK va “O‘zavtosanoat” egallagan. Eng yomon natijani Toshkent shahri va Andijon viloyati hokimliklari hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” ko‘rsatgan. Ularga nisbatan jazo qo‘llanishi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-13 11:31

“Faoliyatimdagi eng yaxshi himoyaviy partiyalardan biri bo‘ldi”. Javohir Sindarov — Fabiano Karuana bilan durang haqida

“Kompyuterdek himoyalanish kerak edi, aks holda, iloji yo‘q edi”, - deb tan oldi Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining 11-turidagi durangdan so‘ng. Uchrashuv 5 soatdan ortiq davom etdi. O‘zbekistonlik shaxmatchi bu uning faoliyatidagi eng yaxshi himoyaviy o‘yinlardan biri bo‘lganini aytdi. gazeta.uz »

2026-4-12 21:58

O‘zbekiston qul savdosini insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat deb e’tirof etuvchi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh assambleyasi transatlantik qul savdosini insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat deb e’tirof etuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 123 davlat, jumladan O‘zbekiston qo‘llab-quvvatladi. U davlatlarni uzr so‘rash va reparatsiyalar masalasini ko‘rib chiqishga chaqiradi. gazeta.uz »

2026-3-27 08:06