Ðåçóëüòàòîâ: 43

2026-yilda Toshkent mahallalarini obodonlashtirish va gastroko‘chalar qurish uchun 1 trln so‘m yo‘naltiriladi

Prezidentga Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi. Shota Rustaveli ko‘chasidagi BRT tizimi yana 10 ta ko‘chada paydo bo‘ladi. Mahallalarni obodonlashtirish, gastronomik ko‘chalar qurish va sug‘orish tizimlarini yangilash ishlariga mahalliy budjetdan 1 trln so‘m yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-10-17 23:40

Aholiga manzur bo‘ladigan va gullab-yashnaydigan yangi shaharni qanday qurish mumkin?

Hozirda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Mo‘g‘ulistonda sakkizta yangi shahar qurilyapti. Ushbu loyihalarning barqarorligi dastlabki yondashuvlarga bog‘liq. BCG kompaniyasining Markaziy Osiyodagi loyihalar direktori Pavel Zolotaryov hududlarni muvaffaqiyatli rivojlantirishning asosiy tamoyillari haqida so‘zlab berdi. gazeta.uz »

2025-5-30 13:07

Prezident kichik AES qurish loyihasini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezidentga energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. 2026-yil oxirigacha tadbirkorlar tomonidan 3 mingga yaqin kichik GES qurilish reja qilingan. Shavkat Mirziyoyev kichik AES qurilishi bilan bog‘liq tadbirlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi, dedi “O‘zatom” rahbari. gazeta.uz »

2025-4-22 10:46

Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish zavodi Rossiya kompaniyasining ishonchli boshqaruviga topshirildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish zavodidagi ulushi yakuniy benefitsiari Rossiya kompaniyasi hisoblanadigan Transport Engineering Center nazoratiga o‘tdi. Kuzatuv kengashi tarkibiga Rossiyaning “Transmashxolding” kompaniyasi top menejerlari kiradi. gazeta.uz »

2025-4-8 18:01

“„Anhor“ va „Navro‘z“ bog‘larini qayta qurish rejalashtirilmayapti” — Qurilish vazirligi va Golden House

Qurilish vazirligi va Golden House kompaniyasi Toshkentdagi “Anhor Lokomotiv” bog‘ida turar joy va biznes majmualari qurilishi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bog‘ hududidagi savdo markazi egasi o‘z huquqlarini boshqa kompaniyaga o‘tkazishni rejalashtirmoqda, u savdo markazi o‘rnida yangi bino quradi. gazeta.uz »

2025-2-20 19:40

O‘zbekistonda kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuziladi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekiston kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi. Bunday stansiyalarni boshqa hududlarda ham qurish masalasi ko‘rib chiqiladi. “Prezident islohotlari katta miqdordagi elektrni talab qiladi, atom energetikasi esa iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydi, deb hisoblaymiz”, - dedi “O‘zatom” rahbari. gazeta.uz »

2025-2-11 09:48

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tender e’lon qilindi. Loyihaning birinchi bosqichi umumiy uzunligi 171 kilometrni tashkil etadi (Toshkentdan Angrengacha va Qamchiq dovoni). gazeta.uz »

2025-1-29 09:58

O‘zbekistonda sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish rejalashtirilmoqda, prezident ushbu sonni ko‘paytirishni buyurdi

O‘zbekiston sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish va Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlashni rejalashtirmoqda, loyihalarga qariyb 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritish kutilyapti. “Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2024-10-21 17:14

“Gazprom neft” O‘zbekistonda AYOQSHlar tarmog‘ini qurish masalasini o‘rganmoqda

Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish imkoniyatini muhokama qilmoqda, dedi kompaniya rahbari. Energetika vazirligi ushbu kompaniyani O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari qurilishiga jalb qilish rejalari haqida xabar berdi. gazeta.uz »

2024-9-28 12:29

O‘zbekistonda 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yilgacha 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi. Prezident qurilishdagi o‘zgarishlardan orqada qolmaslik uchun Shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish kerakligi ta’kidlandi. gazeta.uz »

2024-9-23 16:05

Denovda yo‘l qurish uchun minglab daraxtlarni kesish masalasi yana kun tartibiga chiqdi

2023-yil iyulida Ekovazirlik rad javobidan keyin Surxondaryo va Buxorodagi avtomobil yo‘li qurilishida o‘n minglab daraxt kesilishi to‘xtatib qolingandi. Vazirlik “inson hayoti xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan” loyihani amalga oshirish masalasi hukumat komissiyasida ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-9-6 21:03

Buxoroda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan kompaniya rahbari qamoqqa olindi

Buxoro shahrida ko‘p qavatli uylar qurish bilan shug‘ullangan “Humo Aziya” MCHJ rahbari qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shaharning Islom Karimov va Sadriddin Ayniy ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan fuqarolardan Tergov bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raldi. gazeta.uz »

2024-7-1 09:44

AES qurish bo‘yicha O‘zbekiston bilan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechmoqda — “Rosatom”

“Rosatom” O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma yuzasidan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechayotganini ta’kidladi. Korporatsiya rasmiysi mutaxassislar allaqachon AES qurilishi mumkin bo‘lgan maydonni batafsil o‘rganib chiqqani va eng maqbul texnologik yechimlarni aniqlaganini aytdi. gazeta.uz »

2024-3-27 12:27