Ðåçóëüòàòîâ: 12

Yaqin Sharqdagi urush so‘nggi 4 yildagi energoresurslar narxining eng keskin o‘sishiga sabab bo‘ladi — JB

2026-yilda Yaqin Sharqdagi urush tufayli kutilayotgan global narxlarning sakrashi - energiya resurslari +24%, o‘g‘itlar +31% - oziq-ovqat va yoqilg‘i narxlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Jahon banki bahosiga ko‘ra, bu rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyani 5,1% gacha tezlashtiradi. gazeta.uz »

2026-4-30 00:00

“O‘zbekneftgaz” yonilg‘i narxining oshishi sabablarini tushuntirdi va zaxiralar yetarli ekanini ma’lum qildi

Jahon bozorlarida neft qimmatlashishiga qaramay, O‘zbekistonda yonilg‘i narxi mo‘’tadil sur’atda oshmoqda, deb bayonot berdi “O‘zbekneftgaz”. “Avtomobil benzini narxi atigi 1,4 foizga, dizel yonilg‘isi esa 17,5 foizga oshdi”, - dedi kompaniya vakili. Ayni paytda mamlakatda yoqilg‘i zaxiralari shakllantirilgan. gazeta.uz »

2026-4-21 15:27

Markaziy bank so‘rovlarida narxining o‘sishi bo‘yicha go‘sht yetakchilik qilmoqda

O‘zbekiston aholisi orasida sezilayotgan inflyatsiya darajasi mart oyida 14,3 foizgacha pasaydi. Markaziy bank so‘roviga ko‘ra, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari eng ko‘p oshgan mahsulotlar ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi - respondentlarning 64 foizi bu mahsulotlar narxining oshganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-5-1 08:12

XVJ O‘zbekistonga soliq tizimini isloh qilish va oltin narxining davlat xarajatlariga ta’sirini yumshatishni tavsiya qildi

XVJ O‘zbekistonning budjet taqchilligini qisqartirishdagi harakatlarini ijobiy baholadi. Jamg‘arma mamlakatga korxonalar foydasi va jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlarni isloh qilish, samarasiz imtiyozlardan voz kechish, oltin narxining budjet xarajatlariga ta’sirini yumshatishni tavsiya qildi. gazeta.uz »

2025-4-24 14:59

O‘zbekistonliklarning yonilg‘i va energoresurslar narxining oshishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi

O‘zbekiston aholisi va biznesining yonilg‘i hamda energoresurslar narxlari oshishidan xavotirlari kuchaydi. Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar bo‘yicha so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, ular, shuningdek, kommunal xizmatlar narxining o‘sishi va valyuta kursining o‘zgarishini kutmoqda. gazeta.uz »

2024-9-13 16:58