Ðåçóëüòàòîâ: 24

Inflyatsiya bo‘yicha prognozda energotariflarning 10 foizgacha oshishi mumkinligi inobatga olingan — Markaziy bank

Markaziy bank inflyatsiya bo‘yicha prognozida energotariflarning 10 foizgacha oshishi mumkinligi inobatga olinganini ma’lum qildi. 2025-yildagi hukumat qarorida 2026-yildan energoresurslar narxlari har yili 1-mayda inflyatsiyani inobatga olib, biroq 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oshirilishi belgilangandi. gazeta.uz »

2026-4-29 15:00

“O‘zbekneftgaz” yonilg‘i narxining oshishi sabablarini tushuntirdi va zaxiralar yetarli ekanini ma’lum qildi

Jahon bozorlarida neft qimmatlashishiga qaramay, O‘zbekistonda yonilg‘i narxi mo‘’tadil sur’atda oshmoqda, deb bayonot berdi “O‘zbekneftgaz”. “Avtomobil benzini narxi atigi 1,4 foizga, dizel yonilg‘isi esa 17,5 foizga oshdi”, - dedi kompaniya vakili. Ayni paytda mamlakatda yoqilg‘i zaxiralari shakllantirilgan. gazeta.uz »

2026-4-21 15:27

Eskrou hisoblari joriy etilishi natijasida uy-joy narxi oshishi mumkin — Quruvchilar assotsiatsiyasi raisi

O‘zbekistonda ulushli qurilish uchun eskrou hisoblarini joriy etish taklif hajmining kamayishi sababli uy-joy narxining oshishiga olib kelishi mumkin. Quruvchilarga banklardagi eskrou hisoblarida saqlanayotgan ulushchilarning mablag‘lari hisobidan foizsiz yoki past foizli stavka bilan mablag‘ berish taklif qilindi. gazeta.uz »

2025-7-18 14:23

Tariflar oshishi, subsidiyalar qisqarishi O‘zbekiston budjet taqchilligini kamaytirishga yordam bermoqda — Fitch

2024-yilda O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 4 foizli rejada YIMga nisbatan 3 foizdan sal ko‘proqni tashkil etdi. Fitch Ratings ma’lumotlariga ko‘ra, bunga gaz va elektr energiyasi tariflarining oshgani hamda subsidiyalar xarajatlarining deyarli yarmiga qisqargani yordam bergan. gazeta.uz »

2025-6-27 19:09

O‘zbekistonda may oyida inflyatsiya energoresurslar narxi oshishi fonida 1,5 foizgacha tezlashdi

May oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1,5 foizgacha tezlashdi, bu o‘tgan yil maydan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Narxlarning yillik o‘sishi 8,7 foizgacha sekinlashdi. Gaz (+39,2%), elektr (+18,8), suyultirilgan gaz (+25) tariflari oshishi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Go‘sht, yog‘ va shakar qimmatladi, sabzavotlar arzonladi. gazeta.uz »

2025-6-2 13:47

O‘zbekistonliklarning yonilg‘i va energoresurslar narxining oshishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi

O‘zbekiston aholisi va biznesining yonilg‘i hamda energoresurslar narxlari oshishidan xavotirlari kuchaydi. Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar bo‘yicha so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, ular, shuningdek, kommunal xizmatlar narxining o‘sishi va valyuta kursining o‘zgarishini kutmoqda. gazeta.uz »

2024-9-13 16:58