Ðåçóëüòàòîâ: 43

“Yo‘l bo‘yidagi hojatxonalar ahvoli mening ham ta’bimni xira qiladi” — Turizm qo‘mitasi raisi

O‘zbekistonda AYOQSHlar, park va turizm maskanlarida 11 mingga yaqin hojatxona bor. Ularning 4 mingtasi yangi qurilgan. Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov yo‘l yoqasidagi hojatxonalarning sanitar holati uning “ta’bini xira qilishini” ta’kidlab, muammoni yechishda jamoatchilik nazorati muhimligini aytdi. gazeta.uz »

2026-5-17 08:32

“Bu hamma narsaga ta’sir qiladi”. Yaqin Sharqdagi mojarolar fonida O‘zbekiston qaysi transport yo‘laklaridan foydalanmoqda?

Yaqin Sharqdagi mojaro O‘zbekiston uchun yuk tashish narxiga ta’sir qilmoqda, dedi investitsiya vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Shoxrux Gulamov. Uning aytishicha, hukumat yuklarni muqobil yo‘nalishlar, jumladan, Markaziy koridor va Xitoy portlari orqali qayta yo‘naltirish ustida ishlamoqda. gazeta.uz »

2026-5-5 11:33

“Uchastkoviy”ga murabbiylik qiladi — Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi mahallalarga IIOda ishlagan pensionerlar ishga olinmoqda

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida IIO profilaktika sohasida faoliyat yuritgan pensionerlar tanlov asosida mahallalarga ishga olinmoqda. Ular huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida “uchastkaviy”larga murabbiylik qiladi va maosh oladi, deydi IIV vakili. gazeta.uz »

2025-9-3 21:06

Tojikiston O‘zbekistonga Rog‘un GESidan elektr energiyasini eksport qiladi

Tojikiston Rog‘un GESidan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston bilan tuziladigan bitim loyihasini ma’qulladi. Rog‘un GESi qurilish paytida elektr energiyasi vegetatsiya davrida (1-aprel - 30-sentabr) yetkaziladi, stansiya to‘liq loyiha quvvatiga chiqqach esa yil davomida har oy yetkazib beriladi. gazeta.uz »

2025-7-17 13:24

Eskrou tizimi ulushdorlarni vijdonsiz quruvchilardan himoya qiladi — vazir

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab uy-joy qurilishida eskrou hisobi tizimi ishga tushiriladi. Loyiha Rossiya davlat kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilmoqda. Qurilish vaziriga ko‘ra, bu fuqarolar mablag‘lari himoyasini ta’minlaydi va quruvchi pulni olib, uyni qurmaydigan firibgarlik sxemalariga barham beradi. gazeta.uz »

2025-6-10 21:12

“Global savdo urushining oqibatlari barcha mamlakatlarga ta’sir qiladi” — Qozog‘iston rahbari

Global savdo urushi baribir sodir bo‘lsa, uning oqibatlari barcha mamlakatlarga ta’sir qiladi, - dedi Qozog‘iston prezidentiToqayev. U AQSh prezidenti Donald Trampning bojlarni 90 kunga to‘xtatib turish qarorini olqishladi va Qozog‘iston, “qanchalik qiyin bo‘lmasin”, modernizatsiyani davom ettirishiga ishontirdi. gazeta.uz »

2025-4-11 15:11

“O‘zbekiston BRIKSdagi faoliyatini qadamma-qadam chuqurlashtirishga harakat qiladi” — Bahrom A’loyev

O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlati maqomini oldi. Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyevga ko‘ra, mamlakat kelajakda BRIKSdagi faoliyatini qadamma-qadam chuqurlashtirishga harakat qilib, unga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni tubdan rivojlantiradi. gazeta.uz »

2024-10-25 15:41