Ðåçóëüòàòîâ: 55

Surxondaryoda hokim yordamchisi, “O‘zdaverloyiha” muhandisi va qishloq xo‘jaligi mas’uli pora olishda gumonlanib ushlandi

Surxondaryoning Sariosiyo tumanida ijaraga yer olib berish uchun pul talab qilgan hokim yordamchisi, “O‘zdaverloyiha” instituti muhandisi va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’uli ushlandi. Ular 2,5 gektar sug‘oriladigan yerni 30 yilga ijaraga olib berish evaziga fuqarodan 29 mln so‘m talab qilgani aytilmoqda. gazeta.uz »

2025-9-23 15:35

Xorazmda fermer xo‘jaligi 5,6 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgani aniqlandi

Bosh prokuratura reyd tadbirida Xorazm viloyati Urganch tumanidagi fermer xo‘jaligi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Uning mansabdorlari yer maydonini sug‘orish uchun suv nasosini o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulab, 5,6 mlrd so‘mlik elektrni o‘zlashtirgan. gazeta.uz »

2025-7-31 21:10

“Yerlarni xitoyliklarga berish to‘g‘risidagi bayonotlar asossiz” — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Urgut tumani amaldorining ekin ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga berilshi haqidagi so‘zlarini rad etdi. Vazirlik ijara shartnomasini faqat sud orqali bekor qilish mumkinligi va qonunga ko‘ra yerni chet el fuqarolariga berish taqiqlanganini eslatib o‘tdi. gazeta.uz »

2025-6-14 10:21

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalish - qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilib, takliflar tayyorlanadi va hokimlarga yetkaziladi. Prezident ko‘p energiya talab qiluvchi yirik loyihalarni ushbu hududda joylashtirish kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-12-23 19:06

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘tgan yili qishda jami 13 ming gektar bog‘ va uzumzor sovuq urishi tufayli zararlandi, oqibatda 207 ming tonna hosil yo‘qotildi. Shu bois prezident topshirig‘iga muvofiq, Ispaniya, Turkiya, AQSh tajribalari asosida “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. gazeta.uz »

2024-11-26 12:24

Sentabrda qishloq xo‘jaligi va sanoatda biznes muhiti yaxshilandi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida iqtisodiy faollik pasaydi

ITIM so‘rovnomasiga ko‘ra, sentabr oyida qishloq xo‘jaligi va sanoatda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilandi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida iqtisodiy faollik pasayishi kuzatildi. Kompaniyalarning umidlari biroz pasaydi, eng sezilarli optimizm pasayishi qurilish va xizmatlarda ro‘y berdi. gazeta.uz »

2024-10-9 13:58

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov aynan qanday jinoyatlarda ayblanmoqda? Ayblov xulosasi

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning sud ishida qo‘yilgan ayblovlarning ayrimlari uning “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi bo‘lgan davriga bog‘liq. Ayblov xulosasida u talon-toroj qilgan kredit va budjet mablag‘lari hamda davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 200 mlrd so‘mdan ko‘pligi aytiladi. gazeta.uz »

2024-9-24 12:29