Результатов: 33

Toshkent uy-joy bozorida faollik pasaydi, e’lonlarda yangi uylar ulushi deyarli 48 foizga yetdi

Aprelda Toshkentda ko‘p kvartirali uy-joy sotilishi bo‘yicha e’lonlar soni 44,5 mingtagacha kamaydi - bu mart oyiga nisbatan 13,4 foizga, o‘tgan yilning apreliga qaraganda esa 17,7 foizga kam. Takliflar tarkibida yangi qurilgan uylar ulushi deyarli 48 foizga yetdi. Narxlarning keskin o‘zgarishi kuzatilmadi. gazeta.uz »

2026-5-26 07:54

O‘zbekistonda renovatsiya hisobiga quriladigan uylar ulushini 15 foizdan 60 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda — prezident

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda bo‘lib o‘tgan Butunjahon urbanizatsiya forumida xalqaro “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tashkil etish, BMT-Xabitatning “Yashil shahar” mukofotini ta’sis etish va forumning 15-sessiyasini 2030-yilda Yangi Toshkentda o‘tkazishni taklif qildi. gazeta.uz »

2026-5-18 15:35

“Renovatsiyaga tushgan eski uylar aholisi narxlarni qimmat aytyapti” — qurilish vaziri o‘rinbosari

Renovatsiya dasturiga kiritilgan eski uylarda yashovchi aholi investorlardan yuqori narx so‘ramoqda, deya ta’kidladi qurilish vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva. Uning aytishicha, “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda. gazeta.uz »

2025-7-9 11:15

Ko‘p qavatli uylar yaqinidagi yerlarni betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda 1-iyuldan ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi mumkin. Bu davlat dasturi loyihasida qayd etilgan. gazeta.uz »

2025-1-9 10:23