Ðåçóëüòàòîâ: 7

O‘zbekistonda propan import qiluvchilar narxlarni asossiz oshirgani uchun 63 mlrd so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Raqobat qo‘mitasi gaz tanqisligi davrida birjada narx manipulyatsiyalarini aniqladi. Narxlarni sun’iy ravishda oshirish va o‘zaro kelishilgan harakatlar uchun 31 ta kompaniya jazolandi. 28,9 mlrd so‘mlik jarimalardan tashqari, budjetga 34,1 mlrd so‘m miqdoridagi asossiz daromadni undirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-3-30 13:36

Sotuvchilarga narxlarni sun’iy oshirib, so‘ng arzonlashtirilgan narxni chegirma deb ko‘rsatish orqali iste’molchilarni chalg‘itish taqiqlandi

Vazirlar Mahkamasi chakana savdo qoidalarini yangiladi. Aksiya yoki chegirma to‘g‘risidagi ma’lumotni uni o‘tkazishdan 10 kun oldin soliq organlariga taqdim etish kerak bo‘ladi. Alkogol, pivo va vino, shuningdek, tamaki mahsulotlari va nikotinli qurilmalar sotuvchilari aksiya va chegirmalar o‘tkaza olmaydi. gazeta.uz »

2025-10-27 11:58

“Renovatsiyaga tushgan eski uylar aholisi narxlarni qimmat aytyapti” — qurilish vaziri o‘rinbosari

Renovatsiya dasturiga kiritilgan eski uylarda yashovchi aholi investorlardan yuqori narx so‘ramoqda, deya ta’kidladi qurilish vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva. Uning aytishicha, “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda. gazeta.uz »

2025-7-9 11:15

To‘qimachilik va yog‘ klasterlari narxlarni sun’iy oshirib, 20 mlrd so‘m asossiz daromad olgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi 40 ga yaqin paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narxlari sun’iy oshirilganini aniqladi. Ular mahsulotlarni birjaga joylashtirish qoidalarini buzib, 20 mlrd so‘m asossiz daromad olgan. Klasterlarga nisbatan ish ochildi. gazeta.uz »

2024-7-12 18:49

Davlat xaridlaridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarda narxlarni majburiy ochiqlash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

Davlat xaridlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomani tuzishdan avval mazkur shartnomadagi narxlarni oldindan majburiy tarzda jamoatchilikka ochiqlash tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu bo‘yicha prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi. gazeta.uz »

2024-5-31 19:39