Ðåçóëüòàòîâ: 34

O‘zbekiston aholisi nega 810 mingtaga ko‘p chiqdi? 56 mlrd so‘m sarflangan ro‘yxatga olish ishlarining ilk natijalari

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish uchun budjetdan avval taxmin qilingani kabi 150 mlrd so‘m emas, balki 56 mlrd so‘m sarflandi. Ilk natijalarga ko‘ra, aholi soni 810 mingtaga ko‘p chiqdi, dehqonchilik uchun ishlatiladigan jami yer maydoni esa 4 mln 826 ming gektarni tashkil etdi. Batafsil - Gazeta`da. gazeta.uz »

2026-7-2 17:03

O‘zbekiston aholisi 39 milliondan oshdi — aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari

O‘zbekiston aholisining haqiqiy soni joriy statistik hisob-kitoblardan yuqori bo‘lib chiqdi. E’lon qilingan aholini ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra mamlakatda 39 047 321 kishi istiqomat qilgan - bu joriy hisob-kitoblardan 810 ming 617 kishiga ko‘p. gazeta.uz »

2026-6-30 08:33

Yunus Rajabiy mahallasi aholisi prokuratura protestidan so‘ng futbol maydoni uchun kurashni yana davom ettirmoqda

Poytaxtning Yunus Rajabiy mahallasi aholisi 2022-yildan beri o‘rnida ofis binosi qurilishi rejalashtirilgan futbol maydonini saqlab qolish uchun kurashyapti. Ular bir necha sud instansiyalaridan o‘tib, g‘alaba qozonganida Bosh prokuratura protest kiritdi. Gazeta aholi va tadbirkorning pozitsiyasini o‘rgandi. gazeta.uz »

2026-3-25 02:53

“Sotib olingan shashlik va o‘choqdagi palov”. Qo‘qon aholisi to‘rt kundan buyon gazsiz yashamoqda

Qo‘qon aholisi to‘rt kundan buyon gazsiz yashamoqda, ko‘plab tumanlarda esa vaqti-vaqti bilan elektr o‘chmoqda. Gaz yo‘qligi haqida Farg‘ona vodiysining boshqa hududlaridan ham xabarlar kelmoqda. Qo‘qonlik ayol Gazeta`ga sovuq kunlarda odamlar gaz va chiroqsiz qanday kun kechirayotgani haqida so‘zlab berdi. gazeta.uz »

2026-3-15 08:07

“Eron aholisi urush va repressiv hukumat o‘rtasida qolib ketdi”. BMT missiyasi AQSh va Isroilning Eron bilan urushini qoraladi

BMT mustaqil missiyasi Isroil va AQShning Eronga qarshi hujumlarini, shuningdek, Tehronning mintaqa bo‘ylab bergan zarbalarini qoraladi. “Eron aholisi keng ko‘lamli harbiy kampaniya va inson huquqlarini uzoq vaqtdan beri qo‘pol ravishda poymol qilib kelayotgan hukumat o‘rtasida qoldi”, - deyiladi bayonotda. gazeta.uz »

2026-3-5 12:37

“Renovatsiyaga tushgan eski uylar aholisi narxlarni qimmat aytyapti” — qurilish vaziri o‘rinbosari

Renovatsiya dasturiga kiritilgan eski uylarda yashovchi aholi investorlardan yuqori narx so‘ramoqda, deya ta’kidladi qurilish vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva. Uning aytishicha, “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda. gazeta.uz »

2025-7-9 11:15

“Toshkent aholisi shahardagi o‘zgarishlar haqida ularning fikri so‘ralishini juda istaydi”. Sotsiolog bilan suhbat

Xalq bilan muloqot va fuqarolarning shahar loyihalariga jalb etilishi shaharda qulay muhitni yuzaga keltiradi. Uzoq vaqt Toshkent aholisidan ular aslida nima xohlashi haqida so‘ralmagan. Shaharni rivojlantirishga aholini kim va qanday jalb qilishi kerak - sotsiolog Alisa Barannikova bilan suhbat shu haqda. gazeta.uz »

2024-10-23 14:40

Toshkent aholisi Do‘stlik bog‘ini ijaraga berish qarorlarini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi

Toshkent aholisi Do‘stlik (Bobur) bog‘ini tadbirkorga ijaraga berish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilishni talab qilib, sudga ariza bilan murojaat qildi. Ariza beruvchilar jamoatchilikka ochiq bo‘lmagan hujjatlarda “aholining huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin"ligidan xavotirda. gazeta.uz »

2024-6-6 19:08