Iyun oyida O‘zbekistonda dollar kursi qanday o‘zgardi?
Iyun oyida so‘m dollarga nisbatan 0,5 foizga zaiflashib, bir dollar uchun 12 060,84 so‘mni tashkil etdi. Bunda yil boshidan buyon milliy valyuta bor-yo‘g‘i 0,3 foizga arzonlashgan. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev ta’kidlashicha, jahonda dollar mustahkamlanishi fonida so‘m eng kam qadrsizlangan valyutalar qatorida bo‘ldi.











