Ðåçóëüòàòîâ: 79

Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun imtiyozli eksport krediti ajratadi — Putin

Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun imtiyozli eksport krediti ajratadi, dedi Putin stansiyaning ilk betonini quyish marosimida. Unga ko‘ra, “Rosatom” reaktor yonilg‘isini yetkazib berish, stansiyaga xizmat ko‘rsatish va ishlatilgan yadroviy material bilan ishlash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. gazeta.uz »

2026-6-5 11:30

Xovos-Dashtobod yo‘nalishida 28 kilometrlik yangi temiryo‘l qurilishi boshlandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Sirdaryoda Xovos-Dashtobod yo‘nalishida 28 kilometrlik yangi elektrlashtirilgan temiryo‘l qurilishini boshladi. Loyiha Toshkent-Samarqand yo‘nalishining o‘tkazuvchanligini oshirish, yuk poyezdlari harakatini tezlashtirish va qatnov xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. gazeta.uz »

2026-5-13 14:03

“Kompressor stansiyasi qurilishi davom etyapti”. Energovazirlik — Farg‘ona vodiysidagi ko‘chma gaz konteynerlari haqida

Energetika vazirligi Farg‘ona vodiysidagi “zapravka”larga ko‘chma konteynerlar orqali gaz yetkazib berish loyihasi nega hamon ish boshlamaganiga izoh berdi. Aytilishicha, Beshariq tumanida kompressor stansiyasi qurilishi davom etmoqda, ishlar qo‘shimcha texnik va xavfsizlik talablarini ta’minlash tufayli cho‘zilmoqda. gazeta.uz »

2026-1-19 12:54

O‘zbekistonda tez orada AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari boshlanadi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekistonda yaqin orada AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari boshlanadi. “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev ma’lum qilishicha, “amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlarni jamoatchilikka yetkazish uchun” muhokamalarga mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb etiladi. Aholi fikrini hisobga olish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-9-30 13:41

O‘zbekiston va Qozog‘iston AES qurilishi uchun maydonlarning seysmik xavfsizligini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki mamlakatda AES qurilishi uchun potensial maydonlarning seysmik xavfsizligi jihatlarini ko‘rib chiqdi. Bu 18-avgust kuni “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va Qozog‘iston ekologiya vaziri o‘rinbosari Jomart Aliyev boshchiligidagi uchrashuvda muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-8-19 09:35

Yangi Toshkent aeroporti 2030-yilgacha qurilishi rejalashtirilmoqda. Prezident loyiha bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida poytaxt uchun yangi aeroport qurish rejalari bilan tanishdi. Uni 2030-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda havo bandargohi yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda investorlarning takliflari ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-1 19:31

Chorvoqda Sea Breeze qurilishi hali boshlanmagan, hudud chiqindilardan tozalanmoqda — Agalarov Development

Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan kurorti loyihasi doirasida qurilish ishlari boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Agalarov Development amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini ta’kidladi hamda ekologik ekspertiza va boshqa tadbirlar yakunlanmasdan qurilish boshlanmasligini bildirdi. gazeta.uz »

2025-7-16 17:35

Temiryo‘l qurilishi va JSTga a’zolik: Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi bilan muzokara o‘tkazdi

Ostonada Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpin bilan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini jadallashtirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishni muhokama qildi. O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganiga oid bayonnoma imzolangani e’lon qilindi. gazeta.uz »

2025-6-17 12:04

Toshkentdagi “Risoviy” bozori 6 qavatli savdo majmuasi qurilishi uchun kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Davaktiv Toshkentning Mirobod tumanidagi “Beshqo‘rg‘on” bozori (“Risoviy” nomi bilan mashhur) filialining bino va inshootlarini kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Uning o‘rnida ekobozor, do‘konlar, kinoteatrlar, bolalar maydonchalari, fitnes va biznes markazidan iborat 6 qavatli savdo majmuasini qurish reja qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-4-15 15:29