Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli futbol stadioni qurilishi boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda futbol stadioni poydevorini qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Sport inshooti 55 000 tomoshabinga mo‘ljallangan va mamlakatdagi eng kattasi bo‘ladi. U 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan U-20 jahon chempionati uchun FIFA standartlari asosida quriladi. gazeta.uz »



