Ðåçóëüòàòîâ: 18

“Avval vrachga, so‘ng dorixonaga”. SSV — elektron retsept tizimi nega kerakligi haqida

O‘zbekistonda ishga tushgan elektron retsept tizimi odamlar dorilarni bemalol sotib olishga odatlangani uchun norozilik keltirib chiqardi. SSV va Farmagentlik tizimning maqsadi va ishlashi, qaysi dorilar retsept bo‘yicha qabul qilinishi va shoshilinch vaziyatda nima qilish kerakligi haqidagi savollarga javob berdi. gazeta.uz »

2025-12-13 09:55

Surxondaryoda taqiqlangan materialga 6 yil avval “layk” bosgan fuqaro 3 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyatida fuqaro 6 yil avval taqiqlangan materialga “layk” bosgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U 2019-yilda “Odnoklassniki.ru” saytida Abdug‘ani Umarov (Abdulloh domla)ning aqidaparastlik g‘oyalari bor deb topilgan ma’ruzasiga “klass” bosish orqali virtual do‘stlariga tarqatgan. gazeta.uz »

2025-9-24 09:15

Endi qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishdan avval majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda qamoqqa olingan shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi joriy etildi. Jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, bu haqda qamoqqa olinganga ma’lum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi. gazeta.uz »

2025-6-27 14:20

“Agrobank” bir yil avval e’lon qilingan material uchun Uzdiplomat.uz va jurnalistni sudga berdi

“Agrobank”da korrupsiya alomatlari kuzatilayotgani haqida bir yil avval e’lon qilingan material uchun Uzdiplomat.uz nashri va jurnalist Nodir Norto‘rayevga chora ko‘rildi. Ular bankning ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatishda aybdor deb topildi. Nashrga raddiya chiqarish majburiyati yuklandi. gazeta.uz »

2025-4-17 07:51

Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi

Qonunchilik palatasi deputatlari jinoyat ishini yuritish chog‘ida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda. gazeta.uz »

2025-1-21 10:28

Toshkent metropoliteni beshta bekatning o‘n yillar avval qurilishi tugallanmagan vestibyullarini ochadi

Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida ikkinchi vestibyulni ochish ishlari boshlandi. Avvalroq metropoliten hukumat beshta stansiyaning bir necha o‘n yillar oldin foydalanishga topshirilgan paytda qurilishi tugallanmay qolgan ikkinchi chiqish yo‘llarini ochishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi. gazeta.uz »

2024-8-28 18:22