Ðåçóëüòàòîâ: 17

Haydovchilar YPX xodimiga guvohnomasi va pasportining raqamli nusxalarini ko‘rsata olmaydi

Raqamli hujjatlarni qog‘ozlisiga teng deb tan olish qoidalari haydovchilar va YPX xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga taalluqli emas. Hujjatlarning raqamli ko‘rinishi faqat Ma’muriy amaliyot markazida hamda imtihon va ro‘yxatga olish bo‘limlarida qabul qilinadi, deya ma’lum qildi YHXX. gazeta.uz »

2025-7-1 17:32

Samarqandda YPX inspektorining ustiga mashina haydagan fuqaroning ozodligi 3 yilga cheklandi

Samarqand shahrida Onix haydovchisi YPX inspektorini mashina kapotida sudrab, qochib ketgandi. Sudda u mast otasi onasiga kuch ishlatayotganini eshitgandan so‘ng uyga shoshganini bildirdi. YPX xodimi esa qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo berishni so‘radi. Haydovchining ozodligi 3 yilga cheklandi. gazeta.uz »

2025-3-30 07:42

YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda

Senat ko‘rib chiqishi kutilayotgan qonun bilan YPX xodimlarining yo‘l harakati qoidabuzarligini aniqlagan taqdirda haydovchiga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati bekor qilinmoqda. Shuningdek, skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. gazeta.uz »

2024-9-10 14:59