Ðåçóëüòàòîâ: 24

“Adolat” partiyasi qoidabuzar haydovchilar uchun jazo choralarini keskin oshirishni taklif qildi

“Adolat” partiyasi o‘lim bilan bog‘liq YTH uchun jazoni og‘irlashtirish, tezlikni doimiy me’yordan oshirganlarni “prava”sidan mahrum qilish muddatini amaldagi 3 yildan 10 yilgacha uzaytirish, shuningdek, mast holatda odam o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilarni umrbod haydovchilik huquqidan mahrum etishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-10-21 09:11

Haydovchilar kamaydi, Cobalt eng ko‘p ishlatiladigan mashinaga aylandi — DSQ taksi bozori bo‘yicha ma’lumot berdi

Yanvardan iyulgacha O‘zbekiston rasmiy taksi bozorida 262,2 mln yo‘lovchi tashildi. Hozirgacha 215 ta taksi agregatori soliq organi axborot tizimlariga integratsiya qilingan. 7 oyda yo‘lovchi tashish aylanmasi 5 trln so‘mdan oshdi. Haydovchilar soni esa 40 ming nafarga kamaydi. Batafsil. gazeta.uz »

2025-8-7 10:57

“Oddiy haydovchilar dardini eshitadigan odam, muloqot platformasi yo‘q” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev vazirlik va idoralar binosi joylashgan ko‘chalar yopib qo‘yilganini tanqid qildi. Endilikda rahbarlarning xizmat mashinasiga yo‘llarda ustunlik berilmasligini ma’lum qildi. “Umuman, oddiy haydovchilar dardini eshitadigan odam, muloqot platformasi yo‘q”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-7-9 15:07

Haydovchilar YPX xodimiga guvohnomasi va pasportining raqamli nusxalarini ko‘rsata olmaydi

Raqamli hujjatlarni qog‘ozlisiga teng deb tan olish qoidalari haydovchilar va YPX xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga taalluqli emas. Hujjatlarning raqamli ko‘rinishi faqat Ma’muriy amaliyot markazida hamda imtihon va ro‘yxatga olish bo‘limlarida qabul qilinadi, deya ma’lum qildi YHXX. gazeta.uz »

2025-7-1 17:32

Jarima ballari sabab huquqdan mahrum bo‘lgan haydovchilar qayta imtihon topshirishga majbur

Yo‘l harakati qoidalarini buzish orqali 12 ta jarima balli to‘plagan haydovchilar nafaqat litsenziyadan mahrum qilinadi, balki imtihonni qayta topshirishga ham majbur bo‘ladi. Hozir imtihondan o‘tish 2 mln so‘mni tashkil etadi (uch yilda narx 10 barobar oshgan). Hukumat hali ball berish tartibini tasdiqlagani yo‘q. gazeta.uz »

2025-2-21 20:23

O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Asosiy ma’lumotlar

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 12 balldan ko‘proq jarima to‘plagan haydovchilar transportni boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum etilishi belgilanmoqda. Shuningdek, avtomobilni mast holda boshqargan va tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan haydovchilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. gazeta.uz »

2025-2-21 09:45

Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklardan ishonchsiz mashina va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslikni so‘radi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolaridan vatanga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslikni so‘radi. Agentlik katta trassalarda harakatlanayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatib o‘tdi. gazeta.uz »

2024-9-9 08:13

Har bir haydovchini o‘qityapmiz, eng yuqori toifadagi haydovchilar boshqalarni o‘qitadi — transport vaziri

Transport vaziri Ilhom Mahkamov haydovchilarni o‘qitish uchun Germaniyadan “50 yillik stajga ega” haydovchilar, Moskvadan esa instruktorlar olib kelinganini aytdi. “Har bir haydovchini o‘qityapmiz. Ularni toifalarga bo‘lamiz, eng yuqori toifadagilariga boshqalarni o‘qitish huquqi beriladi”, - dedi vazir. gazeta.uz »

2024-4-1 09:34