O‘zbekistonda narkotiklar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Senatorlar narkotik, psixotrop moddalar, ularning analoglari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi. Narkolaboratoriyalar, ta’lim tashkilotlari yaqinidagi savdo va jamoat joylarida narkotiklar iste’moli uchun alohida jazolar joriy etiladi.










