Ðåçóëüòàòîâ: 198

Prezident Samarqandda OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishida qatnashadi

O‘zbekiston ikkinchi bor OTB Boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishiga mezbonlik qiladi. Samarqandda o‘tadigan forumda 100 dan ortiq mamlakatdan delegatsiyalar ishtirok etadi. “Taraqqiyot chorrahalari: mintaqaning o‘zaro bog‘liq kelajagini ilgari surish” mavzusidagi tadbirni Shavkat Mirziyoyev ochib beradi. gazeta.uz »

2026-5-2 18:23

Samarqandda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 22 yoshli yigitning ozodligi 5 yilga cheklandi

Samarqandda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan 22 yoshli fuqaro 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U Rossiyada narkotiklarga oid jinoyat uchun qamoqda bo‘lgan vaqtida harbiy shartnoma imzolab, Donetskda janglarda ishtirok etgan. Jarohatlangach, gospitaldan qochib, O‘zbekistonga qaytgan. gazeta.uz »

2026-4-30 12:22

Samarqandda Tojikistondan noqonuniy olib kirilayotgan Starlink qurilmasi to‘xtatib qolindi

Samarqandda Tojikiston bilan chegaradagi “Jartepa” postida deklaratsiya qilinmagan va ruxsatnomasi bo‘lmagan Starlink qurilmasi aniqlandi. Qonunchilikka ko‘ra, ushbu qurilmani O‘zbekiston hududiga maxsus ruxsatnomalarsiz olib kirish va foydalanish taqiqlangan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov boshlangan. gazeta.uz »

2026-4-1 13:17

Iqtidoriga ko‘ra tanlanmagan: Samarqandda mansabdorlar Rossiyadagi bayramga o‘z yaqinlarini yuborgani uchun budjetga 28 mln so‘mni qaytardi

2025-yilda Sankt Peterburgda o‘tgan bitiruvchilar bayramiga Samarqand viloyatida amaldorlar o‘z farzandi, jiyani va yaqinlarini yuborgani aniqlanib, ulardan 28 mln so‘m undirildi. Antikorrupsiya agentligi ularni ishdan olishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rish bo‘yicha Maktab vazirligiga taqdimnoma kiritdi. gazeta.uz »

2026-2-7 08:19

Samarqandda profilaktika inspektori 2,5 yilga qamaldi. Uning qo‘rqitishi oqibatida 17 yoshli yigit o‘zini yoqib yuborib, vafot etgandi

Samarqandda profilaktika inspektori mansabga sovuqqonlik bilan qarash va firibgarlikda ayblanib, 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Hukmga ko‘ra, inspektorning qo‘rqitishlari 17 yoshli yigitning o‘ziga o‘t qo‘yib, vafot etishiga sabab bo‘lgan. Detallar. gazeta.uz »

2025-12-12 17:03

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi Markaziy Osiyo-AQSh sammitini Samarqandda o‘tkazishni taklif qildi

Markaziy Osiyo-AQSh (C5+1) sammitida qatnashgan O‘zbekiston prezidenti navbatdagi shunday sammitni Samarqandda o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, “Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” jamg‘armasini ishga tushirish, muhim minerallar sohasida maxsus qo‘mita tuzish kabilarni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-11-7 05:51

Samarqandda “Nasaf” muxlislari avtomobili YTHga uchradi. Bir kishi halok bo‘ldi

Jamoasining o‘yinini ko‘rish uchun Namanganga borgan va ortga qaytayotgan “Nasaf” muxlislarining avtomobili halokatga uchradi - haydovchi uxlab qolishi oqibatida mashina tuproq uyumiga borib urildi. Bir kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi. Futbol klubi holat yuzasidan ta’ziya bildirdi. gazeta.uz »

2025-10-31 18:59

Samarqandda beshta davlat harbiylari ishtirokidagi “Birlik-2025” mashg‘ulotlari yakunlandi

“Kattaqo‘rg‘on” poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarboyjon harbiylari ishtirokidagi “Birlik-2025” mashg‘ulotlari yakunlandi. O‘quvlarda shartli dushman joylashgan hududni o‘rganish, noqonuniy qurollangan guruhlarni yo‘q qilish, aviatsiya zarbalari berish va boshqa mashqlar bajarildi. gazeta.uz »

2025-10-22 07:59

Samarqandda 8 nafar piyodani bosib ketib, 1 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 7 yilga qamaldi

Samarqandda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 kishini bosib ketib, ulardan birining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganlar orasida jiyani va farzandini yetaklab ketayotgan homilador ayol halok bo‘lgan. Marhumaning uch nafar farzandi onasiz qolgan. gazeta.uz »

2025-9-30 12:01

Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya podshohi Abdulla II muzokaralar o‘tkazdi

Samarqand shahrida O‘zbekiston prezidenti va Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Kimyo va to‘qimachilik sanoati, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, geologiya, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani kengaytirishga kelishib olindi. gazeta.uz »

2025-8-26 13:01