Ðåçóëüòàòîâ: 10

Jarima to‘lash qonunga amal qilishdan foydaliroq bo‘lmasligi kerak — vazirlik norasmiy bandlikka jarima haqida

O‘zbekistonda norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilar BHMning 30 baravari miqdorida jarimaga tortilishi rejalashtirilmoqda. Bandlik vazirligi bu yo‘nalishda bir qator yengilliklar berilayotgani fonida qonun buzish jarima to‘lashdan foydaliroq bo‘lib qolmasligini kerak deb hisoblamoqda. gazeta.uz »

2025-8-12 13:57

Ukrainada antikorrupsiya organlarini mustaqillikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishlar bo‘ldi

Kiyev va Ukrainaning yana bir qancha shaharlarida korrupsiyaga qarshi organlarni mustaqillikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu 2022-yilda Rossiya bosqinidan beri mamlakatda hukumatga qarshi birinchi mitingdir. Vladimir Zelenskiy shunga qaramay qonunni imzoladi. gazeta.uz »

2025-7-23 14:01

Qashqadaryodagi 4 ta tuman hokimlari qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgan — Raqobat qo‘mitasi

Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tumanlari hokimlari 19 ta holatda qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgani aniqlandi. Hujjatlar tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib kelishi mumkin deb topilgan. gazeta.uz »

2024-8-2 09:31

DXX to‘g‘risidagi qonunga uning faoliyatida qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning usullari, shakllari va maxsus vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning faoliyatida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura nazorati predmetidan chiqarib tashlanishi rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-6-29 07:25

Gruziya parlamenti prezidentning “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tdi

Gruziya parlamenti mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilining “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi rezonansli qonunga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tdi. Hukmron partiya ommaviy noroziliklarga qaramay, hujjatni qabul qildi. Yevropa Ittifoqi bundan “chuqur afsusdaligini” bildirdi. gazeta.uz »

2024-5-29 10:23

Hindistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi, bu esa ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi

Hindistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi, bu esa, huquq himoyachilari fikriga ko‘ra, musulmonlar huquqlarini cheklaydi. O‘zgartirishlar 2019-yilda qabul qilingandi, biroq mamlakatda boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari tufayli keyinga qoldirilgan. gazeta.uz »

2024-3-13 22:06