Ðåçóëüòàòîâ: 50

“Ziddiyat emas, tinchlik; shaxsiy muvaffaqiyatlar emas, hamkorlik — farovonlikka erishishning eng yaxshi yo‘li” — Yevropa Ittifoqi elchisi

YeI Markaziy Osiyo uchun suv va energiyani birga boshqarishdan tortib, umumiy bozor va yagona xalqaro pozitsiyani shakllantirishgacha bo‘lgan integratsiya yo‘lida namuna bo‘lishi mumkin. Ittifoqning O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar Yevropa kuniga bag‘ishlangan maqolasida hamkorlik imkoniyatlari haqida fikr yuritadi. gazeta.uz »

2026-4-24 09:48

Makron Tramp boshchiligidagi Tinchlik kengashiga qo‘shilmoqchi emas, AQSh prezidenti fransuz vinolariga boj solish bilan tahdid qilmoqda

Tramp Makronni Fransiya G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga qo‘shilmoqchi emasligi uchun tanqid qilib, fransuz vinosiga nisbatan 200 foiz bojlar solishini aytdi. OAV Fransiya taklifni “nizom kengash rolini faqat G‘azo hududi bilan cheklab qo‘ymaydigan ko‘rinadi”, deya qabul qilishdan bosh tortgani haqida yozdi. gazeta.uz »

2026-1-20 13:10

Trampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga qaysi davlatlar taklif etildi? Ro‘yxat

Bloomberg Trampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga a’zolik taklifini olgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda 49 ta davlat (jumladan, O‘zbekiston) va Yevropa komissiyasi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu ro‘yxatdan joy olmagan Xitoy ham taklifni qabul qilganini tasdiqladi, ammo qanday to‘xtamga kelgani aniq emas. gazeta.uz »

2026-1-20 12:26

“Ortiq faqatgina tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”. Tramp Grenlandiyaga tahdidlarini unga “Nobel” berilmagani bilan izohladi

AQSh prezidenti Grenlandiyani anneksiya qilish tahdidlari fonida Norvegiya bosh vaziriga maktub yo‘lladi. Unda Norvegiyadagi Nobel qo‘mitasi unga tinchlik uchun Nobel mukofotini bermaganidan so‘ng o‘zini “ortiq faqat tinchlik haqida o‘ylashga” majbur deb his qilmasligini yozgan. gazeta.uz »

2026-1-20 19:58

“Tinchlik oroli”. Xorijlik sobiq siyosatchilar Markaziy Osiyoning global roli va o‘rni haqida qanday fikrda?

Toshkentda o‘tgan “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa” uchrashuvida Markaziy Osiyo, Kavkaz, AQSh va Yevroittifoq siyosatchilari, xususan, sobiq prezident va vazirlar to‘plandi. Gazeta ularning Markaziy Osiyoning buguni va mintaqa davlatlari nimalarni e’tiborga olishi kerakligi haqidagi fikr-mulohazlariga qiziqdi. gazeta.uz »

2025-8-28 18:21

Mirziyoyev Aliyevni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan tabrikladi. Prezident bitimning tez fursatda rasman imzolanishi Janubiy Kavkazda tinchlik, barqarorlik va ravnaqni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi. gazeta.uz »

2025-8-10 09:31

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik sulhini olqishlaydi — TIV

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik sulhini olqishlashini ma’lum qildi. “Sulhga Ozarbayjon va Armaniston yetakchilarining kuchli siyosiy irodasi va qat’iyati, shuningdek, AQSh prezidentining tinchlikparvar sa’y-harakatlari tufayli erishildi, deb hisoblaymiz”, - deyiladi TIV bayonotida. gazeta.uz »

2025-8-9 15:33

“Farg‘ona vodiysi „porox bochkasi“ emas, balki tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylandi” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov Farg‘ona vodiysi, bir vaqtlar geosiyosatchilar aytganidek, “porox bochkasi”ga emas, balki imkoniyatlar, farovonlik, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylanganini qayd etdi. “Eski bashoratlarni unutish vaqti keldi”, - deya yozdi u. gazeta.uz »

2025-4-17 14:06

“Tramp abadiy emas, tinchlik esa bizga ko‘p yillar kerak”. Zelenskiy — urush tugashi, AQSh bilan kelishuv va Ukrainadagi saylovlar haqida

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urushning uch yilligi arafasida katta matbuot anjumani o‘tkazib, o‘z iste’fosi va yangi saylovlar ehtimoli, AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuv va Donald Trampning bayonotlari, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari haqidagi savollarga javob berdi. gazeta.uz »

2025-2-24 15:46

“Bu Ukrainaga tinchlik olib kelsa, lavozimimni tark etishga tayyorman” — Zelenskiy

Vladimir Zelenskiyga ko‘ra, agar bu Ukraina uchun tinchlikni kafolatlasa, o‘z lavozimini tark etishi, buni NATOga a’zolik bilan ayirboshlashi mumkin. U, shunindek, Trampning Kiyevga qilayotgan moliyaviy da’volarini tan olmasligini aytdi: u “ukrainlarning o‘n avlodi to‘lashi kerak bo‘lgan qog‘ozlarga imzo qo‘ymaydi”. gazeta.uz »

2025-2-23 18:14

Ñåòü ãîñòèíèö «Òèí÷ëèê Ïëàçà» – â àâàíãàðäå ðàçâèòèÿ òóðèçìà â Íàâîèéñêîé îáëàñòè

 15-16 äåêàáðÿ äëÿ æóðíàëèñòîâ ìåñòíûõ èçäàíèé è áëîãåðîâ áûë ïðîâåäåí ïðåññ-òóð ïî äîñòîïðèìå÷àòåëüíîñòÿì Íàâîèéñêîé îáëàñòè, â õîäå êîòîðîãî ñîñòîÿëîñü îòêðûòèå âòîðîãî îòåëÿ ñåòè «Òèí÷ëèê Ïëàçà» â ãîðîäå Íàâîè. nuz.uz »

2024-12-17 12:09

Toqayev Braziliya va Xitoyning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Germaniya kansleri bilan uchrashuvda Braziliya va Xitoyning Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra, urushning yanada avj olishi “tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga” olib keladi, “qo‘shni xalqlar esa tinch-totuv yashashi kerak”. gazeta.uz »

2024-9-16 19:55

À¸ëëàð, òèí÷ëèê âà õàâôñèçëèê ãëîáàë èíäåêñèäà ¡çáåêèñòîí 74-¢ðèííè ýãàëëàäè

¡çáåêèñòîí À¸ëëàð, òèí÷ëèê âà õàâôñèçëèê ãëîáàë èíäåêñèäà 170 òà ìàìëàêàò è÷èäàí 74-¢ðèííè ýãàëëàäè. Ðåéòèíã à¸ëëàðíèíã õàâôñèçëèãè, óëàðíèíã ïàðëàìåíòäàãè óëóøè, äèñêðèìèíàöèîí íîðìàëàð ñèíãàðè êàòåãîðèÿëàð àñîñèäà òóçèëãàí. gazeta.uz »

2021-10-22 13:18