Ðåçóëüòàòîâ: 57

Sadir Japarov Qirg‘izistonni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylashga chaqirdi

Sadir Japarov jahon yetakchilarini iyundagi saylovlarda Qirg‘izistonni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga saylashga chaqirdi. U o‘z mamlakati “pragmatik va siyosiylashtirilmagan qarorlar”ni ilgari surishga tayyorligini hamda MO davlatlarining yakdil qo‘llab-quvvatloviga ega ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-18 12:28

BMT O‘zbekiston va YUNESKOni Samarqanddagi eski mahallaning bir qismi buzilgani va majburiy ko‘chirishlar uchun tanqid qildi

BMT Samarqanddagi Moturidiy maqbarasi ta’miri doirasida Jahon merosi obyekti bo‘lmish mahallaning bir qismi buzilgani, 1200 kishi joyidan ayrilganini aytib, O‘zbekiston va YUNESKOni tanqid qildi. Tashkilot bosim, qo‘rqitish, majburiy ko‘chirish yuz bergani va obyektning ro‘yxatdan o‘chirilish xavfini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-11-2 16:31

“BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirish tarafdorimiz”. Shavkat Mirziyoyev BMTdagi nutqida nimalar haqida gapirdi?

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 80-sessiyasida nutq so‘zlab, Xavfsizlik Kengashini transformatsiyalash va tarkibini kengaytirishni taklif qildi. U, shuningdek, yangi Markaziy Osiyoni shakllantirish jarayoni boshlanganini e’lon qilib, mintaqa bo‘yicha alohida rezolyutsiya qabul qilishni ilgari surdi. gazeta.uz »

2025-9-24 00:19

“BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiyalash va tarkibini kengaytirish tarafdorimiz” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 80-sessiyasida nutq so‘zlab, Xavfsizlik Kengashini transformatsiyalash va tarkibini kengaytirishni taklif qildi. U, shuningdek, yangi Markaziy Osiyoni shakllantirish jarayoni boshlanganini e’lon qilib, mintaqa bo‘yicha alohida rezolyutsiya qabul qilishni ilgari surdi. gazeta.uz »

2025-9-24 00:19

BMT Bosh assambleyasi HAMASni chetlatgan holda Falastin davlatini tashkil etishni qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh assambleyasi Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal etish va ikki davlat - Isroil va Falastin tuzish to‘g‘risidagi “Nyu York deklaratsiyasi”ni ma’qulladi. O‘zbekiston 142 davlat qatorida deklaratsiya to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. Isroil, AQSh va yana sakkizta davlat bunga qarshi chiqdi. gazeta.uz »

2025-9-13 13:05

“Ilgari bolalar suv tashirdi, hozir esa o‘qiyapti”. BMT TD tashabbuslari o‘zbekistonliklar hayotini qanday o‘zgartirmoqda?

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbuslari ishtirokchilari UNDP Talks tadbiri doirasida BMT TD loyihalari ularning hayotini qanday o‘zgartirgani haqidagi ta’sirli hikoyalari bilan o‘rtoqlashdi. “Gazeta.uz” ulardan ikkitasini e’tiboringizga havola etadi. gazeta.uz »

2025-4-30 16:47

Bolalarga zo‘ravonlik, jinsiy tarbiya, pedofillarga o‘lim jazosi: BMT bosh kotibining maxsus vakili bilan intervyu

BMT Bosh kotibining maxsus vakili Najat Maala Toshkentga qilgan tashrifi chog‘ida “Gazeta.uz”ga intervyu berdi. U bolalarga zo‘ravonlik, jinsiy tarbiya kabi muhim masalalar haqida gapirdi. “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ayollarga bo‘lgan zo‘ravonlik va gender kamsitish stereotipi bilan bog‘liq”, - deydi Maala. gazeta.uz »

2025-4-29 19:43

BMT Qoraqalpog‘istonda suv, kanalizatsiya va ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushirdi

BMT agentliklari Orolbo‘yi mintaqasi Ko‘p sheriklik trast fondi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda ikkita yangi loyihani ishga tushirdi. YUNISEF loyihasi 4 ta tumanda toza ichimlik suvdan foydalanishni yaxshilashga, BMTTD va FAO loyihasi mahalliy aholiga ekologik muammolarni hal etish ko‘nikmalarini berishga qaratilgan. gazeta.uz »

2024-8-20 07:33

Prezident O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbarini qabul qildi

Prezident va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Toshkentda yoshlarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, shuningdek, yosh mutaxassislarning tashkilot institutlarida stajirovka o‘tashini tashkil etish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2024-5-15 18:22