Ðåçóëüòàòîâ: 164

“Markaziy Osiyo iqtisodiy uyg‘onishni boshdan kechirmoqda”. Global turbulentlik sharoitida investorlar mintaqa kelajagi haqida nima demoqda?

Geosiyosiy beqarorlik va jahon iqtisodiyotidagi qayta tuzilishlar fonida Markaziy Osiyo yangi o‘sish nuqtalarini izlayotgan investorlar e’tiborini tobora ko‘proq tortmoqda. Gazeta TXIF ekspertlari bilan mintaqa oldida ochilayotgan imkoniyatlar va saqlanib qolayotgan xatarlar haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-6-19 18:31

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh muhim minerallar bo‘yicha dialogning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdi

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh Ostonada S5+1 formatida muhim minerallar bo‘yicha dialogning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. AQSh prezidentining maxsus vakili Serjio Gor Vashington mintaqa bilan birgalikda “ushbu resurslardan barqaror foydalanishni ta’minlash” ustida ishlayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-6-11 17:09

Markaziy Osiyo umumiy energiya bozori g‘oyasiga qaytmoqda. Bu mintaqaga nima uchun kerak?

2022-yilgi blekautdan so‘ng Markaziy Osiyo davlatlari yana umumiy elektr energiyasi bozorini yaratishni muhokama qilmoqda. Jahon banki fikricha, bu elektr energiyasi narxini 10 foizgacha pasaytirish, mamlakatlar energetik xavfsizligini oshirish va “yashil” energetika rivojlanishini tezlashtirishga yordam beradi. gazeta.uz »

2026-5-15 08:55

Xitoy va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar natijalari Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi — ekspert

Tramp va Si Szinpin oxirgi 9 yilda ilk bor Xitoyda uchrashdi. Gazeta ekspert Temur Umarov bilan biror-bir yutuqni kutish kerakmi, tomonlar qanday maqsadlarni ko‘zlamoqda va sammit dunyo hamda MO uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-5-14 16:39

U-17 futboli. O‘zbekiston Osiyo kubogi chorak finaliga chiqdi va jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video, foto)

Osiyo kubogining amaldagi g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruh bosqichining ikkinchi turida Hindistonni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba jamoaga muddatidan avval turnirning chorak finaliga chiqish va Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkonini berdi. gazeta.uz »

2026-5-11 10:15

“Infratuzilmasiz salohiyat”. Nega Markaziy Osiyo tranzit habiga aylana olmayapti? Ekspertlar fikri

MO Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi potensial tranzit yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda, biroq uning imkoniyatlari infratuzilma va tashishlarni tashkil etish bilan cheklangan. Toshkentda ekspertlar mintaqa rivojini qaysi omillar cheklayotgani va uning logistikadagi roli qanday o‘zgarishi mumkinligini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-4-21 08:01

Markaziy Osiyo: Mintaqa qanday dinamikada yashayapti va o‘z barqarorligini qanday saqlab qolyapti?

Eron atrofidagi eskalatsiya, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida ziddiyatlar kuchayishi fonida MO Yevroosiyoning sanoqli barqaror hududlaridan biri bo‘lib qoldi. Siyosatshunos mintaqa global turbulentlik sharoitida qanday ko‘zga ko‘rinmas qoidalar va muvozanat hisobiga barqarorlikni saqlab qolayotganini tahlil qildi. gazeta.uz »

2026-3-5 09:22

“Xalqaro huquqqa tupurdik”. Rossiyalik teleboshlovchi Markaziy Osiyo va Armanistonda ham “harbiy operatsiya” o‘tkazish haqida gapirdi

Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Rossiya Ukrainada bo‘lgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham “maxsus harbiy operatsiya” boshlashi kerakligi haqida gapirdi. U buni “milliy xavfsizlikni ta’minlash masalasi” deb atadi. gazeta.uz »

2026-1-12 09:10

Markaziy Osiyo mamlakatlari suv va yer resurslarini barqaror boshqarish loyihalarini ishga tushirdi

Markaziy Osiyoda yer degradatsiyasini sekinlashtirish, bioxilma-xillikni kamaytirish, suv va yer resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha mintaqaviy dastur ishga tushirildi. U asosiy daryolar havzalari, shuningdek, inson va iqlim bosimiga uchraydigan yaylovlar, cho‘llar, dashtlar va tog‘li hududlarni qamrab oladi. gazeta.uz »

2025-12-2 13:37

Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon prezidentlari Toshkentda o‘tgan uchrashuvda nimalar haqida gaplashdi?

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi ilk bor Ozarbayjon bilan to‘laqonli ishtirokchi sifatida o‘tkazildi. Yetakchilar savdo, transport bog‘liqligi, energetika va raqamli integratsiyani yaxshilash bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Chiqishlardan asosiy qismlar - Gazeta obzorida. gazeta.uz »

2025-11-17 17:59

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari va Ozarbayjon prezidenti Islom sivilizatsiyasi markaziga bordi

Toshkentga kelgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon prezidentlari Shavkat Mirziyoyev bilan birga Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Ular ekspozitsiya bilan tanishib, O‘zbekiston ta’sis etgan birinchi xalqaro mukofot - “Kelajak merosi” sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi. gazeta.uz »

2025-11-15 19:21

U-23 Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston Qirg‘izistonga qarshi g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video, foto)

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralashining ikkinchi bosqichida Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi. Bishkekda 17-soniyada gol o‘tkazib yuborgan jamoa tanaffusga qadar hisobda oldinga chiqishga erishdi, ammo ikkinchi bo‘limda tashabbusni qo‘ldan chiqardi. gazeta.uz »

2025-9-7 12:50

Ozarbayjon Markaziy Osiyo va Yevropani bog‘lashda strategik ko‘prik vazifasini bajarib kelyapti — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa: umumiy taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” mavzusida o‘tayotgan uchrashuv ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Unda Ozarbayjon MO va Yevropani bog‘lashda strategik ko‘prik vazifasini bajarib kelayotganini alohida qayd etdi. gazeta.uz »

2025-8-18 14:23

“„Markaziy Osiyo — Xitoy“ hamkorligi savdo doirasidan tashqariga chiqib, institutsional ahamiyat kasb etmoqda” — ekspertlar

“Markaziy Osiyo-Xitoy” sammitida imzolangan Do‘stlik shartnomasi xavfsizlik kafolati hisoblanadimi va nima uchun “C5+” formati mintaqaning o‘zi uchun muhim? Cammit natijalari, Xitoy bilan munosabatlardagi rivojlanish nuqtalari va ehtimoliy muammolar - mintaqa ekspertlarining Gazeta uchun maxsus sharhida. gazeta.uz »

2025-6-27 14:29

Ñïîðò êóðàøëàðè: ¢çáåêèñòîíëèê ñïîðò÷èëàð Îñè¸ ÷åìïèîíàòèíè 7 òà ìåäàëü áèëàí áîøëàøäè

Äàñòëàáêè êóíäà ¡çáåêèñòîí òåðìà æàìîàñè àúçîëàðè 1 òà îëòèí, 2 òà êóìóø âà 4 òà áðîíçà ìåäàëèãà ñàçîâîð á¢ëèøäè. ru.sputniknews-uz.com »

2025-6-24 12:33