Ðåçóëüòàòîâ: 164

O‘zbekiston U23 terma jamoasi kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida 16 ta medalni qo‘lga kiritdi

Vetnamda kurash bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medalni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida o‘zbekistonliklar yunon-rum kurashi bo‘yicha uchinchi, erkaklar o‘rtasida erkin kurashda to‘rtinchi, ayollar o‘rtasida beshinchi o‘rinni egalladi. gazeta.uz »

2025-6-24 09:27

O‘zbekiston, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari yagona energetika tizimi loyihasini muhokama qildi — energetika vaziri o‘rinbosari

O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali Xitoyga transchegaraviy elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha hisob-kitoblarni boshlagan. Energetika vaziri o‘rinbosarining aytishicha, loyiha mintaqadagi energiya tizimlarini birlashtirish va mavsumga qarab energiya almashinuvini ta’minlashga qaratilgan. gazeta.uz »

2025-6-19 13:15

Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyot, logistika, nodir metallar va raqamlashtirishni muhokama qildi

Nyu Dehlida “Hindiston - Markaziy Osiyo” muloqotining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Iqtisodiyot, logistika, raqamlashtirish va nodir metallarga e’tibor qaratildi. “Ko‘plab natijalarga erishildi, yangi tashabbuslar ilgari surildi, bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar undan-da ko‘p”, - dedi O‘zbekiston TIV rahbari. gazeta.uz »

2025-6-9 09:16

Markaziy Osiyo 25 yildan so‘ng: rivojlanish, integratsiya, chaqiriqlar. Mintaqani nima kutmoqda? Ekspertlar fikri

Markaziy Osiyoning 2050-yilgacha rivojlanishi - Toshkentda 5 mamlakat ekspertlarini birlashtirgan ilk forsayt seminar mavzusi. Mintaqada YeIning muqobili paydo bo‘lishi mumkinmi? Respublikalar yaqinlashishiga nima to‘siq bo‘lishi mumkin? Gazeta ishtirokchilarning MOning ehtimoliy kelajagiga oid fikrlarini jamladi. gazeta.uz »

2025-6-5 09:30

O‘zbekiston noyabr oyida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” iqtisodiy forumiga mezbonlik qiladi

Noyabrda O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” iqtisodiy forumi va investorlar forumi bo‘lib o‘tadi. Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaarning so‘zlariga ko‘ra, YeI, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun Bryusselga tashrifini kutmoqda. gazeta.uz »

2025-5-14 14:21

Shavkat Mirziyoyev Osiyo kubogini qo‘lga kiritgan o‘smirlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistonini yengib, chempion bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi. “Turli bosimlarga qaramasdan, 11 o‘yinchiga qarshi 9 futbolchi shiddatli kurash olib borganingiz chinakam jasorat va matonat namunasi bo‘ldi”, dedi Shavkat Mirziyoyev. gazeta.uz »

2025-4-21 10:05

Futbol: O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031-yilgi Osiyo kubogi mezbonligi uchun qo‘shma ariza berdi

Osiyo Futbol konfederatsiyasi 2031-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi mezbonligiga ariza topshirgan 7 nomzodni e’lon qildi: Avstraliya, Hindiston, Indoneziya, Janubiy Koreya, Kuvayt va BAA. Shuningdek, ular orasida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston bor, davlatlar bir bo‘lib qo‘shma ariza yuborgan. gazeta.uz »

2025-4-12 11:09

Markaziy Osiyo transchegaraviy suvlarini boshqarish loyihasining yangi bosqichi may oyida boshlanadi

MO mamlakatlarida transchegaraviy suvlarni boshqarishni raqamlashtirish bo‘yicha Blue Peace Central Asia loyihasining yangi bosqichi may oyida boshlanadi. Toshkentdagi seminarda loyiha ishtirokchilari uning ustuvor yo‘nalishlari - suv sifati, iqlim o‘zgarishiga moslashish va ma’lumotlarni boshqarishni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-3-28 14:16

Markaziy Osiyo va YI energetika, xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettiradi

MO va YI tashqi siyosat idoralari rahbarlari Ashxoboddagi uchrashuvda xavfsizlik, energetika, suv resurslari va inson huquqlarini himoyalashda hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi. Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash, iqlim inqiroziga qarshi kurash va Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirishga ham to‘xtalib o‘tildi. gazeta.uz »

2025-3-28 07:36

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Navro‘z tabriklari almashdi va bo‘lajak sammitlarni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti hamkasblari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Yetakchilar bir-birini Navro‘z bayrami bilan tabriklab, bo‘lajak sammitlar - Xo‘janddagi uch tomonlama uchrashuv va C5+1 formatiga tayyorgarlik ishlarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-3-18 19:48

Toshkentda Markaziy Osiyo uchun Yevropa sun’iy yo‘ldosh interneti dasturi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi

YeI, Expertise France, YeIB va SES provayderi vakillari Toshkentda Markaziy Osiyo uchun sun’iy yo‘ldosh interneti bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Yevropa komissari Yozef Sikelaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda mintaqaviy sun’iy yo‘ldosh shlyuzi o‘rnatilishi mumkin, bu esa mamlakatga “haqiqiy raqamli avtonomiya”ni beradi. gazeta.uz »

2025-3-18 13:35

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031-yilgi Osiyo kubogiga birgalikda mezbonlik qilmoqchi

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston OFKga futbol bo‘yicha 2031-yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha nomzodlik taklifini yubordi. “Bugungi kunda qo‘shni mamlakatlar bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor”, - deyiladi O‘FA xabarida. gazeta.uz »

2025-2-24 16:18