Ðåçóëüòàòîâ: 41

Abdulla Abduqodirov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori v.b. etib tayinlandi

Abdulla Abduqodirov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 2022-yildan buyon agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari edi. Abduqodirov iqtisod fanlari doktori bo‘lib, bungacha Moliya vazirligi va bank sohasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. gazeta.uz »

2026-5-14 18:21

“Qarorlarni qabul qilishda bolalarning ishtiroki O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega, chunki mamlakatning har uchinchi fuqarosi — bola” — bolalar ombudsmani

O‘zbekistonda Butunjahon bolalar kunida diqqatga sazovor joylar moviy tus oldi, maktablarda ochiq dars o‘tkazildi, Senatda yosh faollar so‘zga chiqdi. “Bolalar huquqlarini himoyalash bir tashkilotninggina ishi bo‘lmasligi kerak”, - degan Shahnoza Mirziyoyeva xalqaro hamkorlarni ishlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-11-23 21:05

“Mustahkam strategik alyans”. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari muzokaralari qanday o‘tdi?

Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga bu galgi tashrifi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishda muhim bosqichni boshlab berdi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Qozog‘iston va O‘zbekiston raqib yoki raqobatchi emas, balki taraqqiyot yo‘lida birgalikda borayotgan ishonchli ittifoqchilardir, dedi Qasim-Jomart Toqayev. gazeta.uz »

2025-11-15 19:49

Energetika, xomashyo, logistika va IT. Mirziyoyev — O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik yo‘nalishlari to‘g‘risida

O‘zbekiston prezidenti AQSh bilan hamkorlikning to‘rt ustuvor yo‘nalishi - energetika, strategik xomashyo, logistika va IT sohasini ko‘rsatib o‘tdi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish energiya narxini 15% ga pasaytirishi va uni mintaqadagi eng arzon manbalardan biriga aylantirishi mumkin. gazeta.uz »

2025-11-7 13:56

O‘zbekistonda strategik rejalashtirish va rivojlantirish tizimi joriy etilmoqda. Tafsilotlar

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga aylantirildi. 1-noyabrdan boshlab mamlakatda “maqsad - harakat - natija” tamoyiliga asoslangan strategik rejalashtirish tizimi joriy etiladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash yangi vakolatlarga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-11-4 17:49

O‘zbekiston va YeI yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar strategik darajaga ko‘tarilganini olqishladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen yangi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, shuningdek, viza tartibini soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-10-24 15:51

SIning strategik kelajagi: O‘zbekiston undan jamiyat va iqtisodiyot ravnaqi yo‘lida foydalanishni qanday o‘rganishi mumkin?

Sun’iy intellekt iqtisodiyot, ta’lim va boshqaruv tizimiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. ICT Week Uzbekistan doirasida mutaxassislar texnologiyalar taraqqiyotida axloq me’yorlari va shaffoflik tamoyili saqlanib qolishi uchun davlat siyosati qanday bo‘lishi kerakligini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-10-23 08:42

O‘zbekiston va AQSh Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishi kuzda bo‘lib o‘tadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishi joriy yilning kuzida bo‘lib o‘tishi ta’kidlandi. gazeta.uz »

2025-8-28 18:28

Ozarbayjon Markaziy Osiyo va Yevropani bog‘lashda strategik ko‘prik vazifasini bajarib kelyapti — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa: umumiy taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” mavzusida o‘tayotgan uchrashuv ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Unda Ozarbayjon MO va Yevropani bog‘lashda strategik ko‘prik vazifasini bajarib kelayotganini alohida qayd etdi. gazeta.uz »

2025-8-18 14:23

Migratsiya, strategik va iqtisodiy hamkorlik. Slovakiya bosh vaziri — O‘zbekiston bilan munosabatlar haqida

O‘zbekiston va Slovakiya tovar ayirboshlash hajmini 100 mln yevroga yetkazmoqchi, dedi Toshkentda bosh vazir Robert Fitso. U O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni sanab o‘tdi - aeroportlarda meteorologik tizimlarni modernizatsiyalash, transportda intellektual yechimlar, Angrenda ferroqotishma ishlab chiqarish. gazeta.uz »

2025-6-9 19:04

“Mintaqamiz uran va strategik xomashyolarga boy. Hamkorlarga barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz” — O‘zbekiston prezidenti

Prezident O‘zbekiston Markaziy Osiyoda “yashil” energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalardan manfaatdor ekanini ta’kidladi. “Mintaqamiz ulkan uran va o‘ta muhim strategik xomashyo zaxiralariga boy. Bu yo‘nalishda har bir xorijiy hamkorimizga barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-1-14 16:01

Isroil Suriyadagi “strategik qurol zaxiralarining katta qismi” yo‘q qilinganini e’lon qildi

Bashar Asad rejimi qulagandan so‘ng Isroil armiyasi butun Suriya bo‘ylab bir necha yuzlab zarbalar berib, “strategik qurol zaxiralarining katta qismi” yo‘q qilinganini e’lon qildi. 50 yil ichida birinchi marta Isroil Golan tepaliklari yaqinidagi va undan tashqaridagi bufer zonasida ham qo‘shinlarini joylashtirdi. gazeta.uz »

2024-12-11 13:12

O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 2030-yilgacha strategik sheriklik dasturi ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev OIIB bilan infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan strategik sheriklik dasturini qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi. Bank prezidenti Szin Litsyun mamlakat rahbari bilan uchrashuvda O‘zbekistondagi islohotlarni bundan buyon ham qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-9-25 15:56

“Ozarbayjon bilan ishonchli strategik hamkor edik, bugundan boshlab ittifoqdoshmiz” — Shavkat Mirziyoyev

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi haqida gapirib, bu galgi tashrif tarixiy voqea ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-8-23 12:33

“Strategik maqsad — Markaziy Osiyo davlatlarining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish” — Turkmaniston prezidenti

Turkmaniston yetakchisi Serdar Berdimuhamedov MO davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida besh davlat mintaqani global energiya bozoridagi salbiy ssenariylardan himoya qila oladigan tizim va kutilmagan holatlarda milliy energiya tizimlari uchun xavfsizlik zaxirasini yaratishi kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-8-9 18:01

Ostonada Mirziyoyev va Szinpin strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi

Ostona shahrida O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazish, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘lini tez fursatda qurish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2024-7-3 17:11