Ðåçóëüòàòîâ: 23

Madaniyat sohasini rivojlantirishga 2030-yilgacha 1 trln so‘mdan ortiq yo‘naltiriladi

2030-yilgacha madaniyat sohasini rivojlantirishga 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatdagi 839 ta madaniyat markazini transformatsiya qilish, Samarqandda yangi Ipak yo‘li muzeyini barpo etish va nodavlat madaniyat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-17 20:13

Toshkentda 2030-yilgacha jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkaziladi

Toshkent shahrida 2030-yilgacha aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkaziladi. Avtobusning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga oshiriladi. 150 ming o‘rinli to‘xtab turish joylarini tashkil etiladi. Metropoliten tarmog‘i uzunligini 103 kilometrga yetkaziladi. gazeta.uz »

2025-12-5 13:37

2030-yilgacha mutlaq kambag‘allikka barham berishga imkonimiz bor — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston 2030-yilga qadar kambag‘allikni 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan majburiyatini barvaqt bajarishga harakat qilayotganini ta’kidladi. “2030-yilga borib, xalqaro mezonlarga ko‘ra, O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allikka to‘liq barham berishga barcha imkoniyatimiz bor”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-9-17 10:32

Nogironligi bo‘lgan bolalarga parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinishi mumkin

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun DXSH asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yil 1-yanvargacha deyarli barcha soliqlardan ozod qilinishi kutilmoqda. Bu xizmatdan foydalanadigan ota-onalar to‘lovining oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan qismiga soliq solinmaydigan daromad sifatida qaraladi. gazeta.uz »

2025-9-9 17:07

Yangi Toshkent aeroporti 2030-yilgacha qurilishi rejalashtirilmoqda. Prezident loyiha bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida poytaxt uchun yangi aeroport qurish rejalari bilan tanishdi. Uni 2030-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda havo bandargohi yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda investorlarning takliflari ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-1 19:31

Xalq deputatlari kengashlarini 2030-yilgacha isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi. Asosiylar

Prezident kengashlar tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishni tasdiqladi. Yangiliklar qatorida yangi vakolatlar, hokimlar hisoboti bo‘ladigan “kengash soati”, daromadlarni qayta taqsimlash huquqi, hokim o‘rinbosarlarini tayinlashda ishtirok, sessiyalarning ochiqligini oshirish va boshqalar bor. gazeta.uz »

2025-6-27 21:19

2030-yilgacha aholining ekologik madaniyatini oshirish konsepsiyasi tasdiqlandi

Ekoinspektorlarga qurilishda havo ifloslanishi, o‘simliklar shikastlanishi, yovvoyi hayvonlar noqonuniy boqilishi holatlarida biznesda shoshilinch tekshiruv o‘tkazishga ruxsat beriladi. 1-dekabrdan ekologiyaga oid ochiq ma’lumotlar bazasi ishga tushadi: daraxt ekish joylaridan tortib ekologik qoidabuzarliklargacha. gazeta.uz »

2025-5-19 21:03

“Kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi” — prezident 2030-yilgacha YAIMni 200 mlrd dollarga yetkazish haqida

Prezident 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 200 mlrd dollarga yetkazish mumkinligiga ishonch bildirdi va 160 mlrd dollarlik maqsad qo‘yilganda ayrimlar bunga shubha bilan qaraganini aytdi. “Yana bir bor aytaman, bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!”, - dedi u. gazeta.uz »

2024-11-20 09:32

O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 2030-yilgacha strategik sheriklik dasturi ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev OIIB bilan infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan strategik sheriklik dasturini qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi. Bank prezidenti Szin Litsyun mamlakat rahbari bilan uchrashuvda O‘zbekistondagi islohotlarni bundan buyon ham qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-9-25 15:56