Ðåçóëüòàòîâ: 36

Nogironligi bo‘lgan bolalarga parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinishi mumkin

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun DXSH asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yil 1-yanvargacha deyarli barcha soliqlardan ozod qilinishi kutilmoqda. Bu xizmatdan foydalanadigan ota-onalar to‘lovining oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan qismiga soliq solinmaydigan daromad sifatida qaraladi. gazeta.uz »

2025-9-9 17:07

Shahar avtoturargohlarida eshitish va so‘zlashda nogironligi bor parkovkachilar ishga olinadi

Toshkentda pulli avtoturargohlar yo‘lga qo‘yuvchi Poytaxt Parking kompaniyasi eshitish va so‘zlashda nogironligi bor parkovkachilarni rasman ishga olishni boshladi. Tajriba dasturi nogironligi bo‘lgan shaxslarni barqaror daromad bilan ta’minlash va ko‘chada to‘xtash joylari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi. gazeta.uz »

2025-7-29 05:24

2025-yilda respublika bo‘ylab nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy transport xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch harakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun transport xizmati loyihasi ishga tushirilmoqda. Hujjatga ko‘ra, ushbu xizmat 2025-yil 1-apreldan uchta shaharda pilot loyiha sifatida, yil yakuniga qadar esa boshqa hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. gazeta.uz »

2025-3-3 15:02

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati 1-martdan yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 1-martdan 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Kunduzgi parvarish xizmatiga oid faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi, xizmatda foydalanuvchi ota-onalarga soliq imtiyozlari beriladi. gazeta.uz »

2025-2-5 08:35

Endi ehtiyojmand aholi vakillari va nogironligi bor shaxslar spektakllarga bepul kiritiladi

Teatrlarning ahamiyatini oshirishga doir qarorga ko‘ra, DAKT huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi va har yili jahon dramaturgiyasi asarlari bo‘yicha tanlovlar joriy etiladi. «Teatr - ibodatxonadir» dasturida Daftarlarga kiritilgan va nogironligi bor shaxslar spektakllariga bepul kiritiladi. gazeta.uz »

2024-12-5 20:58

“Nogironligi bor shaxslarga imtiyoz emas, imkoniyat kerak”. Adabiyot va AKTni birlashtirgan Mirali G‘iyosov hikoyasi

U o‘zbek tilidagi nutq sintezatori, “Kitob Plyus” loyihasi mualliflaridan. Hozir o‘zi o‘qigan ko‘zi ojiz bolalar maktabida dars beradi, jurnallarda ishlaydi. Jamiyat va inson orasida to‘siqlar bo‘lsagina kishi o‘zini nogiron his qiladi, deb hisoblovchi Mirali G‘iyosov - “Iroda” loyihasining navbatdagi qahramoni. gazeta.uz »

2024-11-16 10:26

Toshkent xalqaro aeroportida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratilmoqda

Toshkent xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlar o‘rnatilmoqda. Bunda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun tiflotexnik vositalar, taktil piktogrammalar, tovush va taktil mimik diagrammalar, axborot vositalari, yordam chaqirish tugmalari joylashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-10-5 09:07

Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi

Davlat tomonidan bir qator ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ijtimoiy karta orqali amalga oshiriladi. 2025-yil 1-apreldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxs, talaba yoki urush qatnashchisining holatini tasdiqlash aynan shu karta orqali bo‘ladi, tegishli guvohnomalarning qog‘oz shakli bekor qilinadi. gazeta.uz »

2024-7-23 21:31

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun qanday choralar ko‘zda tutilmoqda?

Prezident ijtimoiy himoya sohasiga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Takliflar orasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish, jumladan, binolarni ekspertizadan o‘tkazish, chorrahalarni moslashtirib borish, elektron interaktiv xarita yaratish mavjud. gazeta.uz »

2024-7-10 17:32

O‘zbekistonda nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona imtiyozdan foydalanmayapti

Prezident ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham xabardor emasligini ta’kidladi. Nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalangani yo‘q. gazeta.uz »

2024-2-20 10:36