Ðåçóëüòàòîâ: 12

Blackrock O‘zbekistonga investitsiya muhitini yaxshilash uchun xalqaro ekspertizani jalb qilishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Davosda BlackRock rahbariyati bilan uchrashdi. Kompaniya direktorining O‘zbekistondagi qator korxonalar kapitaliga kirish, qo‘shma investitsiya mexanizmlarini ishlab chiqish va mamlakat investitsiya muhitini yaxshilash uchun xalqaro ekspertizani jalb qilish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. gazeta.uz »

2026-1-22 18:05

Senatorlar SSVga bolalarga tibbiy yordamni yaxshilash yuzasidan parlament so‘rovi yuboradi

Senat SSVga bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan parlament so‘rovi yuboradi. Bunga bolalar shifoxonalarining sifatsiz jihozlangani, ularning neonatolog, ftiziopediatr va bolalar jarrohlari bilan ta’minlanmagani, aholining bepul vaksinatsiyadan yetarlicha xabardor emasligi sabab bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-6-2 20:13

O‘zbekiston Fransiya bilan Surxondaryoda suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha shartnoma imzoladi

“O‘zsuvta’minot” va Fransiyaning Suez kompaniyasi o‘rtasida Surxondaryo viloyatida suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha shartnoma imzolandi. 8,3 mln dollarlik loyiha ichimlik suvini ishlab chiqarish va taqsimlashni boshqarish bo‘yicha raqamli yechimlarni joriy qilishni o‘z ichiga oladi. gazeta.uz »

2025-3-13 14:02

Prezident ayrim hududlar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotganini ta’kidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim tuman va shahar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotgani, ro‘yxatga olishni oylab cho‘zib yurganini ta’kidladi. Davlat rahbari bosh prokuratura ham, ichki ishlar vazirligi ham uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi kerakligini aytdi. gazeta.uz »

2025-3-5 10:17

OTB perinatal xizmatni yaxshilash uchun O‘zbekistonga 100 mln dollar qarz ajratadi

O‘zbekistonda onalar o‘limi kamaygan bo‘lsa-da, hamon Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori, deyiladi Osiyo taraqqiyot banki bayonotida. Bank homiladorlar va chaqaloqlar uchun ko‘rsatiladigan perinatal xizmatni yaxshilashga yordam berish uchun 100 mln dollar imtiyozli qarz ajratishni ma’qulladi. gazeta.uz »

2024-7-17 08:21