Ðåçóëüòàòîâ: 11

O‘zbekistonda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha hisob-kitoblar, jumladan, hududlar kesimida tayyorlanmoqda

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini belgilovchi minimal iste’mol xarajatlari, e’lon qilish muddati 20-yanvargacha bo‘lishiga qaramay, haligacha ochiqlanmadi. IMV bu ko‘rsatkichning inflyatsiyadan farq qilishi sabablarini tushuntirib, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik ko‘rsatkichini joriy etish ishlari ketayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-2-13 23:05

Barcha hududlar markazlarining “yashil” master rejalari ishlab chiqiladi

Bu yil bahor va yoz o‘rtasida issiq kunlar tez kelib qolishi oqibatida “Yashil makon” doirasida ekilgan 27,5 mln ko‘chat qurib qolgan. Shu bois endi daraxtlar kuzda ekiladi, dedi prezident. Shaharlarda yashillik darajasini oshirish uchun hududlar markazlarining “yashil” master rejalari ishlab chiqilishi belgilandi. gazeta.uz »

2025-9-27 00:21

Prezident ayrim hududlar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotganini ta’kidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim tuman va shahar ichki ishlar rahbarlari statistikani yaxshilash uchun jinoyatni yashirayotgani, ro‘yxatga olishni oylab cho‘zib yurganini ta’kidladi. Davlat rahbari bosh prokuratura ham, ichki ishlar vazirligi ham uyg‘onishi, yangicha ishlab, bir-birini tiyib turishi kerakligini aytdi. gazeta.uz »

2025-3-5 10:17

Toshkentni “piyodalar shahri”ga aylantirish, yashil hududlar va suv havzalarini ko‘paytirish reja qilinmoqda

Prezident Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. Unda “Shahar - piyodalar uchun” tamoyilini joriy etish, sun’iy suv havzalari va yashil zonalar barpo etish, korxonalarda tozalash uskunalarini o‘rnatish va boshqa tadbirlar ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2024-9-26 12:43