Ðåçóëüòàòîâ: 96

Toshkent shahri hokimligi Ochiqlik indeksida eng past natija bilan qayd etildi

Antikorrupsiya agentligi 2025-yilgi Ochiqlik indeksini e’lon qildi. Indeksning yuqori o‘rinlarini “O‘zbekgidroenergo”, NKMK va “O‘zavtosanoat” egallagan. Eng yomon natijani Toshkent shahri va Andijon viloyati hokimliklari hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” ko‘rsatgan. Ularga nisbatan jazo qo‘llanishi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-13 11:31

“Ekologiyani saqlash kerakligini barcha tushunib yetyapti”. Toshkent shahri hokimi bilan intervyu

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov shanba kuni “Men ham ko‘chat ekaman” tashabbusi doirasida daraxt ekish jarayonidan so‘ng Gazeta jurnalistiga intervyu berdi. Unda u mazkur loyiha hamda poytaxt ekologiyasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi rejalashtirishgan boshqa ishlar haqida gapirdi. gazeta.uz »

2026-3-18 13:17

Nukus shahri, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirilish reja qilinmoqda

Qoraqalpog‘istonni 2026-yilda rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Nukus shahri, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hudud qilish rejalashtirilgan. Respublika bo‘ylab ishsizlik darajasini 4,2 foizgacha, kambag‘allikni esa 3,2 foizgacha qisqartirish maqsad qilingan. gazeta.uz »

2026-3-2 10:17

Toshkent shahri va viloyati sudlarida ishlarni xalq vakillari hay’ati ishtirokida ko‘rib chiqish joriy etiladi

2026-yil noyabridan Toshkent shahri va viloyati sudlarida o‘ta og‘ir jinoyatlarga oid ishlarni xalq vakillari hay’ati ishtirokida ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etiladi. Shuningdek, tergov sudyalariga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini o‘zgartirish yoki bekor qilish huquqi beriladi. gazeta.uz »

2026-2-18 12:09

Toshkent shahri hokimligi ko‘chalardagi chuqurlarning ko‘payishiga izoh berdi

Toshkentda yo‘llarni faol ta’mirlash martda boshlanadi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi. Ishlarni barvaqt boshlashga ob-havo va yuqori namlik yo‘l qo‘ymayapti. Shahar markazidagi o‘ydim-chuqurlar sabab haydovchilar doimiy aylanib o‘tishga majbur bo‘lmoqda, ko‘plab avtomobillarning esa shinalari yorilmoqda. gazeta.uz »

2026-2-17 06:51

Yangi Jizzax shahri quriladi

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani o‘rtasidagi 40 gektar maydonda Yangi Jizzax shahri quriladi. Loyiha doirasida 50 ta ko‘p qavatli uy, ma’muriy markaz va ijtimoiy soha obyektlari quriladi. Infratuzilma va yagona jamoat transporti yaratiladi. Bosh reja uchun 40 mlrd so‘m ajratiladi. gazeta.uz »

2026-2-4 09:11