Toshkent shahri hokimining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
Mirmuxammad Mirxamidov Toshkent shahri hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u Bosh prokuraturada ishlagan. Prezident dekabr oyi oxirida barcha idoralarda shunday yangi o‘rinbosar lavozimi tashkil etilishini e’lon qilgandi. gazeta.uz »











