Ðåçóëüòàòîâ: 78

Samarqandda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 22 yoshli yigitning ozodligi 5 yilga cheklandi

Samarqandda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan 22 yoshli fuqaro 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U Rossiyada narkotiklarga oid jinoyat uchun qamoqda bo‘lgan vaqtida harbiy shartnoma imzolab, Donetskda janglarda ishtirok etgan. Jarohatlangach, gospitaldan qochib, O‘zbekistonga qaytgan. gazeta.uz »

2026-4-30 12:22

Sirdaryo viloyatida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro ozodligi 4 yilga cheklandi

Guliston sudida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U Rossiyaga ishlashga borib, patent muddati tugagani sababli majburan urushga yollangan. 1 oycha xizmat qilgach, dronlar hujumi oqibatida yaralanib, gospitalga yuborilgan. So‘ng O‘zbekistonga qaytib kelgan. gazeta.uz »

2026-1-9 10:38

Samarqandda profilaktika inspektori 2,5 yilga qamaldi. Uning qo‘rqitishi oqibatida 17 yoshli yigit o‘zini yoqib yuborib, vafot etgandi

Samarqandda profilaktika inspektori mansabga sovuqqonlik bilan qarash va firibgarlikda ayblanib, 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Hukmga ko‘ra, inspektorning qo‘rqitishlari 17 yoshli yigitning o‘ziga o‘t qo‘yib, vafot etishiga sabab bo‘lgan. Detallar. gazeta.uz »

2025-12-12 17:03

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan o‘zbekistonlik 4 yilga ozodlikdan cheklandi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan 20 yoshli o‘zbekistonlik sudlandi. Sudda u Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolaganini pul yetishmovchiligi va qarzlari bilan izohladi. Yigit yaralangach, bo‘linmasini tark etgan, qo‘mondoni esa qo‘shimcha davolashdan bosh tortgan. U uyiga qaytib, DXXga aybini tan olgan. gazeta.uz »

2025-6-3 17:01

Rossiya va Ukraina urushida qatnashgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 4 yilga cheklandi

Rossiya-Ukraina urushida qatnashib, jang maydonida harbiy istehkom qurish ishlariga jalb etilgan O‘zbekiston fuqarosiga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U Rossiyada yashash qoidalarini buzganlikda ayblangan, jazo berilmasligi evaziga Rossiya qurolli kuchlari tarkibiga harbiy xizmat qilishga rozi bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-5-16 10:03

IIO xodimining to‘xtash talabini bajarmaslik haydovchini bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilishi mumkin

O‘zbekistonda IIO xodimlarining to‘xtash talabini bir necha bor bajarmagan haydovchilar bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum etilgan holda jarimaga tortiladi. Shuningdek, takroran mast holda va guvohnomadan mahrum qilingandan keyin transport vositasini boshqarish jinoiy javobgarlikka tortiladi. gazeta.uz »

2025-2-22 22:16

O‘zbekistondagi 64 ta tumanda oziq-ovqat eksporti o‘tgan yilga nisbatan kamaygan, 17 tasida 50 foizga ham yetmagan — prezident

O‘zbekistonda oziq-ovqat eksporti 2023-yilga nisbatan 1,2 barobarga o‘sib, 2 mlrd dollardan oshdi. Ammo 64 ta tumanda eksport 2023-yilga nisbatan kamaygan, undan 17 tasida 50 foizga ham yetmagan. Prezident hokimlarni dunyodagi og‘ir vaziyatni hisobga olib, yangi imkoniyatlarni ishga solish haqida ogohlantirdi. gazeta.uz »

2024-11-28 15:35