Foto: Zangiota tumanidagi savdo majmuasida yuz bergan yong‘in oqibatlari
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan savdo majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Majmuada mebel, sport anjomlari, mobil qurilmalar aksessuarlari, sovg‘alar va bolalar tovarlari sotiladigan o‘ndan ortiq do‘kon joylashgan edi. Gazeta muxbiri voqea joyida bo‘lib qaytdi.

















