Ðåçóëüòàòîâ: 80

Yakkasaroyda quruvchi kompaniya fuqaro uyini ko‘chirish tugatilmasdan buzgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Mega Logistics Service (Newport TJM) mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Prokuraturaga ko‘ra, Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi uy aholini ko‘chirish bo‘yicha ijro harakatlari yakunlangunga qadar buzib tashlangan, hududda esa tegishli ruxsatnomasiz beshta ko‘p qavatli bino qurilgan. gazeta.uz »

2026-8-4 09:57

Qashqadaryoda OITS markazi laboranti ekspertiza xulosasini fuqaro foydasiga hal qilish uchun pora olishda gumonlanib ushlandi

Qashqadaryoda OITSga qarshi kurashish markazi laboranti va sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi boshlig‘i ekspertiza xulosasini fuqaro foydasiga chiqarib berish evaziga pora olayotganda ushlandi. Andijonda esa “Andijon suv ta’minoti” AJ filiali rahbari fuqarodan 8,5 ming dollar talab qilgani ortidan qo‘lga olindi. gazeta.uz »

2026-8-4 07:50

Daraxt ekkanlarga “ekofaol fuqaro”dan tortib “metsenat”gacha bo‘lgan maqom va mukofotlar beriladi

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida qatnashgan fuqaro va tadbirkorlarga maxsus maqom va mukofot berish reja qilinmoqda. 100 tup daraxt ekkan yoki 10 mln so‘m xayriya qilganlarga “ekofaol fuqaro”, undan kattaroq hissa qo‘shganlarga esa “metsenat” maqomi va davlat mukofotlari berilishi ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-3-25 12:38

Sirdaryo viloyatida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro ozodligi 4 yilga cheklandi

Guliston sudida Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan fuqaro 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U Rossiyaga ishlashga borib, patent muddati tugagani sababli majburan urushga yollangan. 1 oycha xizmat qilgach, dronlar hujumi oqibatida yaralanib, gospitalga yuborilgan. So‘ng O‘zbekistonga qaytib kelgan. gazeta.uz »

2026-1-9 10:38

Surxondaryoda taqiqlangan materialga 6 yil avval “layk” bosgan fuqaro 3 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyatida fuqaro 6 yil avval taqiqlangan materialga “layk” bosgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U 2019-yilda “Odnoklassniki.ru” saytida Abdug‘ani Umarov (Abdulloh domla)ning aqidaparastlik g‘oyalari bor deb topilgan ma’ruzasiga “klass” bosish orqali virtual do‘stlariga tarqatgan. gazeta.uz »

2025-9-24 09:15