Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 36 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi
Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidagi avtomobil yo‘lida to‘xtab qolgan avtobusdan 36 nafar yo‘lovchi (13 nafari bolalar) evakuatsiya qilindi, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Yomg‘ir va sovuq havo sharoitida sayohatchilar isitish punktiga yetkazilib, issiq ovqat bilan ta’minlangan. gazeta.uz »















