Ðåçóëüòàòîâ: 25

BMT O‘zbekiston va YUNESKOni Samarqanddagi eski mahallaning bir qismi buzilgani va majburiy ko‘chirishlar uchun tanqid qildi

BMT Samarqanddagi Moturidiy maqbarasi ta’miri doirasida Jahon merosi obyekti bo‘lmish mahallaning bir qismi buzilgani, 1200 kishi joyidan ayrilganini aytib, O‘zbekiston va YUNESKOni tanqid qildi. Tashkilot bosim, qo‘rqitish, majburiy ko‘chirish yuz bergani va obyektning ro‘yxatdan o‘chirilish xavfini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-11-2 16:31

Amerikalik sayyohlar to‘lov terminali ishlamagani sabab Samarqanddagi bojxona postida 3 kun qolib ketdi

Sayyohlar Samarqanddagi bojxona postida to‘lov tizimidagi muammolar sabab 3 kun qolib ketdi. Unga mashinasi mamlakatda 90 kundan ortiq bo‘lgani uchun jarima belgilangan. Ammo to‘lov terminali ishlamagani uchun bank kartasida to‘lov qila olmagan, viza muddati tugagani sabab esa naqd pul ham olib kelolmagan. gazeta.uz »

2025-9-30 10:57

Samarqanddagi o‘rmonda 50 mingdan ortiq o‘simlik va daraxt yonib ketdi, tabiatga qariyb 2 mlrd so‘m zarar yetdi

Samarqanddagi Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligida 10,5 gektar maydonda yong‘in chiqdi. 7,4 gektar yer zararlanib, 50 ming tupga yaqin yulg‘un va yana bir qancha boshqa daraxtlar shikastlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar qariyb 1,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Holat yuzasidan hujjatlar prokuraturaga topshirildi. gazeta.uz »

2025-5-1 20:34

Samarqanddagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz bo‘g‘ma ilon tomoshalari o‘tkazilgani aniqlandi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ikki nafar fuqaro tegishli ruxsatnoma va hujjatlari bo‘lmay turib maktab va bog‘chalarda jami 900 ga yaqin bolaga Qizil kitobga kiritilgan bo‘g‘ma ilon tomoshasi o‘tkazgani aniqlandi. Ilon olib qo‘yildi, tekshiruv harakatlari boshlandi. gazeta.uz »

2024-12-3 00:07