Ðåçóëüòàòîâ: 58

“Chorsu” metro bekati kirish qismi suv ostida qolgach, drenaj tizimini tiklash ishlari boshlandi

“Chorsu” metro bekati kirish qismini suv bosgach, Toshkent shahri hokimligi avtoturargohlar qurilishida to‘sib qo‘yilgan drenaj tizimini tiklashni boshladi. Yog‘ingarchilik hisoblangan miqdordan ikki baravar kam bo‘lishiga qaramay, tizim suvni nazorat qila olmadi. Shahar hokimi voqea joyiga ikki marta kelib ketdi. gazeta.uz »

2026-5-4 20:04

O‘zbekistonda qurilish bo‘yicha murojaatlarning asosiy qismi ish sifati va uylar muddatida topshirilmagani bilan bog‘liq

2025-yil va 2026-yil boshidan buyon Raqobat qo‘mitasi yangi uylar sifati va ularning o‘z muddatida topshirilmasligi bilan bog‘liq 2057 ta murojaatni ko‘rib chiqqan. Shikoyatlarning 74,3 foizi qanoatlantirilgan, qo‘mita fuqarolarga qariyb 24,4 mlrd so‘mni qaytarishga yordam bergan. gazeta.uz »

2026-4-8 14:15

Toshkentda KHAYning 19 km qismi modernizatsiya qilinadi, 300 ga yaqin chorrahada svetoforlar yangilanadi

Toshkent shahrida KHAYning Ziyolilar ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan 19 kilometrli qismini 150 mlrd so‘mga modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, poytaxtning 264 ta chorrahasida yagona boshqaruv tizimiga ega yangi svetoforlar, foto va video qayd etish vositalari paydo bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-10 10:30

BMT O‘zbekiston va YUNESKOni Samarqanddagi eski mahallaning bir qismi buzilgani va majburiy ko‘chirishlar uchun tanqid qildi

BMT Samarqanddagi Moturidiy maqbarasi ta’miri doirasida Jahon merosi obyekti bo‘lmish mahallaning bir qismi buzilgani, 1200 kishi joyidan ayrilganini aytib, O‘zbekiston va YUNESKOni tanqid qildi. Tashkilot bosim, qo‘rqitish, majburiy ko‘chirish yuz bergani va obyektning ro‘yxatdan o‘chirilish xavfini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-11-2 16:31

“U shahar hayotining bir qismi bo‘lishi lozim”. Loyiha mualliflari Yangi Chorsu majmuasi haqida

“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida 2029-yil oxirigacha mehmonxona, turar joy va biznes markazini o‘z ichiga olgan Yangi Chorsu majmuasini qurish rejalashtirilyapti. Loyiha mualliflari yakkalangan majmua emas, balki “shahar hayotining bir qismiga aylanuvchi uyg‘un, jonli va ochiq” makon yaratish niyatini bildirmoqda. gazeta.uz »

2025-9-30 21:41

Kambag‘al oila farzandlari to‘garak xarajatlarining bir qismi kompensatsiyalanadi

O‘zbekistonda davlat kambag‘al oilalar farzandlari uchun IT, chet tillari va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar narxining 80% gacha qismini qoplaydigan tartib tasdiqlandi. To‘garak xarajatlarini qisman qoplash martdayoq rejalashtirilgan bo‘lib, bu uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m ajratilgan. gazeta.uz »

2025-6-24 23:19

O‘zbekistondagi o‘rmon va yaylov yerlarining bir qismi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi

O‘zbekistonda o‘rmon va yaylovlardan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yerlar ajratiladi. Prezident zaxira bo‘lgan o‘rmon yerlaridan yetarlicha foydalanilmayotgani ko‘rsatib o‘tdi. “Shuncha resurs bilan go‘shtga bo‘lgan ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, eksportga ham chiqsak bo‘ladi-ku!” - dedi prezident. gazeta.uz »

2025-6-16 10:21

Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining yana bir qismi rekonstruksiya uchun yopildi

Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining yana bir qismi - Shastri va Yahyo G‘ulomov ko‘chalari oralig‘i rekonstruksiya uchun yopildi. Loyiha o‘tgan yili boshlangandi. Hozirgacha 64-maktab va Le Grande Plaza mehmonxonasi oldidagi hududlar yangilandi. Ko‘cha sezilarli o‘zgardi, ammo uni yaxshilash kerak. Foto. gazeta.uz »

2025-3-27 23:18

2024-yilda Toshkent aholisining Xalq nazorati’ga murojaatlarining asosiy qismi UJKXga doir bo‘ldi

Xalq nazorati xizmati 2024-yildagi faoliyati natijalarini taqdim etdi. Toshkent aholisi o‘tgan yilgidan 1,5 karra ko‘p murojaat yubordi, 89,6 foizi ko‘rib chiqildi va yopildi. Aksariyati kommunal xo‘jaligi muammolari bilan bog‘liq, 20 foizi daraxt kesish va chiqindi, 10 foizga yaqini yo‘l va trotuar holatiga oid. gazeta.uz »

2025-1-14 00:08

Isroil Suriyadagi “strategik qurol zaxiralarining katta qismi” yo‘q qilinganini e’lon qildi

Bashar Asad rejimi qulagandan so‘ng Isroil armiyasi butun Suriya bo‘ylab bir necha yuzlab zarbalar berib, “strategik qurol zaxiralarining katta qismi” yo‘q qilinganini e’lon qildi. 50 yil ichida birinchi marta Isroil Golan tepaliklari yaqinidagi va undan tashqaridagi bufer zonasida ham qo‘shinlarini joylashtirdi. gazeta.uz »

2024-12-11 13:12