Toshkentdagi Oqqo‘rg‘on va Parkent ko‘chalarining ayrim qismlari uch kunga yopildi
Toshkentdagi Oqqo‘rg‘on va Parkent ko‘chalarining Mustaqillik shohko‘chasiga tutash ayrim qismlarida 31-iyul soat 23:00 dan 3-avgust soat 22:00 gacha transport harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi bosqichida asfalt yotqizish ishlarini yakunlash munosabati bilan joriy etilmoqda. gazeta.uz »

