Ðåçóëüòàòîâ: 42

“Chorsu” metro bekati kirish qismi suv ostida qolgach, drenaj tizimini tiklash ishlari boshlandi

“Chorsu” metro bekati kirish qismini suv bosgach, Toshkent shahri hokimligi avtoturargohlar qurilishida to‘sib qo‘yilgan drenaj tizimini tiklashni boshladi. Yog‘ingarchilik hisoblangan miqdordan ikki baravar kam bo‘lishiga qaramay, tizim suvni nazorat qila olmadi. Shahar hokimi voqea joyiga ikki marta kelib ketdi. gazeta.uz »

2026-5-4 20:04

O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyoj uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalari qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Prezident farmoni bilan Tadbirkorlik va boshqa sohalardagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish, tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. gazeta.uz »

2025-11-26 09:56

O‘zbekistonga iPhone 17 olib kirish qanchaga tushadi? Bojxona qo‘mitasi tushuntirdi

Bojxona qo‘mitasi xorijdan olib kiriladigan mobil qurilmalar uchun to‘lovlar haqida ma’lumot berdi. Bojsiz me’yor havo transportida $1000, temiryo‘lda $500, avtomobil (piyoda) $300 dollar bo‘lib, oshgan summa uchun 30 foiz boj va 103 ming so‘mlik yig‘imi undiriladi. To‘lovlar iPhone 17 Pro Max misolida. gazeta.uz »

2025-10-6 08:49

Toshkentda Jennifer Lopes konserti: stadionga qanday borish va kirish bo‘yicha qo‘llanma

7-avgust kuni “Bunyodkor” stadionida Jennifer Lopesning O‘zbekistondagi ilk konserti bo‘lib o‘tadi. Rasmiylar muxlislar uchun xavfsizlik talablarini e’lon qildi: kirish 17:30 dan, chiptalar QR kodli bo‘lishi kerak, ayrim yo‘llar yopiladi, bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi, shaxsiy mashinada kelish tavsiya etilmaydi. gazeta.uz »

2025-8-7 10:29

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari va ularning natijasi e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Nimalar ma’lum?

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari va ularning natijalari e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Ota-onalar va o‘qituvchilar jarayon adolatsiz o‘tgani, shubhali holatlar kuzatilganini yozmoqda. ITMA rahbari holatga munosabat bildirdi. Batafsil. gazeta.uz »

2025-8-4 11:26

Maktabdagi so‘nggi 6 yillik baholar OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydigan bo‘ldi

19-iyul kuni qabul qilingan prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotdi. gazeta.uz »

2025-7-22 08:38

5-iyunda Toshkentda Eko Ritm festivali bo‘ladi. Kirish — “maxsus” chiptalar bilan

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” bog‘ida Eko Ritm festivali bo‘lib o‘tadi. Dastur ekofaollik, ekobrend yarmarkasi, “Krûlya Origami” guruhi va DJ Josef Tumari konsertini o‘z ichiga oladi. Bo‘sh plastik idishlar, batareyalar, makulatura, yaxshi holatdagi kiyim-kechak va o‘yinchoqlar kirish chiptalari sifatida qo‘llanadi. gazeta.uz »

2025-6-3 19:22

Nyu York AQShning tig‘iz vaqtlarda markazga kirish uchun to‘lov joriy qilgan ilk shahri bo‘ldi

Nyu Yorkning markaziy ko‘chalarida tig‘iz vaqtlarda yo‘l haqi to‘lash joriy etildi. Hali AQShning hech bir shahrida bunday qoida kiritilmagandi. Manhettenga kirish narxi - kuniga 9 dollar. Shahar hukumati shu tariqa tirbandlikka qarshi kurashmoqchi va jamoat transportini rivojlantirish uchun mablag‘ yig‘moqchi. gazeta.uz »

2025-1-6 17:52

“Toshkent-3” terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklarni aniqlaydigan kameralar 15-maydan ishga tushadi

15-maydan boshlab mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralari ishga tushadi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi. Jarimalar avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi. gazeta.uz »

2024-5-14 12:36

Sayyohlarga Xorazmga 1 yil ichida cheklovsiz kirish uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi

Shavkat Mirziyoyev sayyohlar 1 yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirishi uchun “O‘zbekiston - mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinishini ma’lum qildi. Viloyatda turizmni rivojlantirishning 3 yillik dasturi qabul qilinadi, imtiyozli kreditlar beriladi, “Lazgi” va “Avesto” muzeylari tashkil qilinishi mumkin. gazeta.uz »

2024-3-1 11:03