Результатов: 35

O‘zbekistonda yana to‘rtta Imkon bolalar reabilitatsiya markazi ochiladi. Ular qanday tashkil etilgan?

O‘zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun yana to‘rtta Imkon reabilitatsiya markazi quriladi, ulardan biri shu yil kuzda Samarqandda ochiladi. Tarmoqni kengaytirish rejalari Qibraydagi Imkon markazida tashkil etilgan matbuot turi davomida taqdim etildi. Unda Gazeta muxbiri muassasa faoliyati bilan tanishdi. gazeta.uz »

2026-6-9 14:24

Toshkentda An’anaviy san’at oliy maktabi ochiladi va madaniy markazlar isloh qilinadi

O‘zbekistonda madaniyat markazlari “madaniyat - ta’lim - hordiq - muloqot” tamoyili asosida isloh qilinadi. To‘rtta shaharda ularni rivojlantirish bo‘yicha pilot loyihalar ishga tushadi. An’anaviy san’at oliy maktabi va Milliy restavratsiya instituti tashkil etiladi. “Turkiston” yozgi amfiteatri ta’mirlanadi. gazeta.uz »

2026-2-13 11:03

O‘zbekistonda top-100 talikdagi xorijiy universitetlarning filiallari ochiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev oliy ta’limdagi islohotlarning bosh maqsadi - O‘zbekistonni mintaqaviy ta’lim va fan xabiga aylantirish ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin yillarda dunyo bo‘yicha top-1000 talikka kirgan OTMlar soni o‘ntaga yetadi, top-100 talikdagi oliygohlarning filiallari ochiladi. gazeta.uz »

2025-9-17 10:26

Boku va Toshkentda do‘stlik bog‘lari ochiladi, qiymati 400 mln dollarlik yangi loyihalar imzolandi — Toshkent hokimi o‘rinbosari

Bokuda “O‘zbekiston” bog‘ini qurish boshlandi, Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i paydo bo‘ladi. Toshkent hokimi o‘rinbosariga ko‘ra, hokimlik va Ozarbayjon kompaniyalari o‘rtasida besh yulduzli mehmonxona, savdo majmuasi, mehmonxonalar tarmog‘i, qahvaxona, restoranlar qurish bo‘yicha $400 mln lik shartnomalar imzolangan. gazeta.uz »

2025-7-3 20:48

Urganchda Al-Xorazmiy universiteti ochiladi, u sun’iy intellekt va aerokosmik muhandislik mutaxassislarini tayyorlaydi

Xorazmda 2025/2026 o‘quv yilidan faoliyat boshlaydigan Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi. U sun’iy intellekt, aerokosmik muhandislik, matematika va informatika bo‘yicha ta’lim beradi. Darslar o‘zbek va ingliz tillarida, kredit-modul tizimida olib boriladi. gazeta.uz »

2025-5-1 20:05

Toshkentda “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi

7-mart kuni poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Igor Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi kolleksiyasidagi Markaziy Osiyo an’analari va madaniyati hamda XX asr tarixiy voqealarini aks ettirgan asarlar namoyish etiladi. gazeta.uz »

2024-2-29 13:38

Тошкентда «Better Cotton Initiative» ННТнинг ваколатхонаси очилади

Танзила Нарбаева «Better Cotton Initiative» (BCI) нодавлат нотижорат ташкилоти менежери Рэйчел Бэккет билан учрашди. Унда BCI`нинг Тошкентдаги ваколатхонасини тез кунларда таъсис этиш юзасидан келишувга эришилди. gazeta.uz »

2022-10-15 13:49