Toshkent metrosining yerusti halqa yo‘lida poyezdlar bir soat ertaroq yura boshlaydi
Toshkent metropolitenining yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati 1-maydan boshlab bir soat ertaroq - soat 05:00 dan boshlanadi. Ta’kidlanishicha, yangi jadval yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy etilmoqda. gazeta.uz »




