Ðåçóëüòàòîâ: 31

Karmana tumani hokimi o‘qituvchilarni yig‘ilishda salkam 1 soat turg‘izib qo‘ydi, vazirlik holatni o‘rganishni boshladi

Karmana tumani hokimi Shohrux Boltayev bir guruh o‘qituvchilarni tik oyoqda turg‘izib, ular ishlaydigan maktabda OTMga kirish ko‘rsatkichi pastligi uchun majlis o‘tkazgan. Vazirlik maktabda ta’lim sifati joyida ekanini ta’kidlab, holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-3-14 13:54

Soat 01:00 da ham Toshkent-Pop yo‘nalishida qo‘shimcha temiryo‘l reysi tashkil etiladi

Qamchiq dovoni yopilgach, o‘z manziliga yetolmagan yo‘lovchilar uchun soat 01:00 da ham Toshkent-Pop yo‘nalishida qo‘shimcha temiryo‘l reysi tashkil etiladi. Popga borgach, poyezd vodiydan Toshkentga ketayotgan yo‘lovchilarni ham olib qaytadi, deya ma’lum qildi FVV. Dovonda kechki soatlarda 12 ta qor ko‘chkisi aniqlangan. gazeta.uz »

2026-2-13 22:09

Kameradalarda qayd etilgan yo‘l qoidasi buzilgani videosi 48 soat ichida YHXXga yuborilishi kerak

Foto va videokuzatuv vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlar 48 soat ichida YHXXga yuborilishi kerak, aks holda haydovchi javobgarlikka tortilmaydi. IIV ma’lumotlar bir necha kundan keyin, hatto bir necha oydan keyin ham kelishi mumkinligini ta’kidlagandi edi. gazeta.uz »

2024-11-1 15:31

Xonanda Jahongir Otajonov mashinasida 195 km/soat tezlikkacha chiqib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzdi

Xonanda Jahongir Otajonov Zeekr avtomobilida aholi punktidan tashqarida 195 km/soat tezlikkacha chiqdi (ruxsat etilgan tezlik 100 km/soat). U videoni Instagram’ga joyladi. Bu so‘nggi kunlarda yo‘l harakati qoidalari namoyishkorona buzilgan birinchi holat emas. YHXX tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-10-3 12:45

Yo‘l qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar qaror chiqaruvchiga 48 soat ichida kelmasa, haydovchi javobgarlikka tortilmaydi

Deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilishi kerak. Aks holda ishni ko‘rib chiqish tugatiladi. gazeta.uz »

2024-4-23 12:17