Ðåçóëüòàòîâ: 32

IIV rahbarining sobiq o‘rinbosari 186 mlrd so‘m to‘lagach, garov evaziga ozodlikka chiqdi — huquq himoyachisi

Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va 186 mlrd so‘m ($15,3 mln) o‘zlashtirishda gumonlanayotgan yana 6 nafar mansabdor shaxs qamoqdan ozod etildi. Huquq himoyachisiga ko‘ra, general-mayorning qarindoshlari zararni naqd pulda to‘liq qoplaganidan so‘ng, ular garov evaziga qo‘yib yuborilgan. gazeta.uz »

2026-4-17 16:55

“Ota-onalarning ko‘pi bolani qanday tarbiyalashni bilmaydi”. IIV rasmiysi — voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi haqida

O‘zbekistonda jami jinoyatlarning 1,5 foizi voyaga yetmaganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 2025-yilning 6 oyida bolalar 971 ta jinoyat sodir etdi. IIV Kriminologiya tadqiqot instituti rasmiylari ota-onalarning farzandini nazoratsiz qoldirib, tarbiya bermayotgani buning asosiy sababi ekanini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-8-8 07:20

“Mutaxassislar yetishmasligi muammoning kengligini ko‘rsatyapti” — IIV rasmiysi dipfeyk haqida

Kriminologiya tadqiqot instituti rahbari O‘zbekistonda ham ommalashayotgan dipfeyklarga nisbatan munosabat bildirdi. Baxtiyor Berdialiyev o‘zining dipfeyk qurboni bo‘lishidan qo‘rqishini aytdi. Unga ko‘ra, mutaxassislar yetishmasligi muammoning kengligini ko‘rsatmoqda. Hukumat bunga qarshi tayyorgarlik boshlagan. gazeta.uz »

2025-8-7 15:26

Ayubxon Rahmatullayev IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi, Ulug‘bek Tashxodjayev — IIV Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i

Bungacha Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan Ayubxon Rahmatullayev ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Ulug‘bek Tashxodjayev IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiga rahbar bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-3-11 17:14

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi shtatida birinchi kotib - IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda. Maqsad - O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini o‘z vaqtida himoya qilishga ko‘maklashish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik o‘rnatish. gazeta.uz »

2024-12-14 21:14

Prezident IIV va Milliy gvardiyaga ehtimoliy teraktlarning oldini olish choralarini ko‘rishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga aholi gavjum joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi. gazeta.uz »

2024-3-29 18:59