Đĺçóëüňŕňîâ: 59

Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari 2026-yilgacha xususiy sektorga o‘tkaziladi

Yangi tashkil etilgan Migratsiya agentligi 2026-yilgacha fuqarolarni xorijga yuborish va ishga joylashtirish bilan bog‘liq funksiyalarini xususiy bandlik agentliklariga o‘tkazadi. Ish takliflari ochiq e’lon qilinadi, saytda rezyume shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi. Migrantlariga 10 mln so‘mgacha mikrokredit beriladi. gazeta.uz »

2024-10-25 22:57

O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi. Shuningdek, 2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2024-7-12 13:55

Toshkentda may-avgust oylarida “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida may-avgust oylarida 1 mln kishini qamrab olishi kutilayotgan “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi o‘tkaziladi. Bunda yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, IT va zamonaviy biznes sohalariga yo‘naltirishga oid 60 dan ortiq tadbir o‘tkazish belgilangan. gazeta.uz »

2024-4-30 09:06

O‘zbekistonda “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport musobaqalari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda har yili o‘quvchilar o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish kabi shartlarni o‘z ichiga oladi. gazeta.uz »

2024-4-3 13:10