Đĺçóëüňŕňîâ: 31

Toshkentdagi Newport TJMning to‘qqizta blokidan oltitasida qurilish ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan olib borilgan — Qurilish vazirligi

Yakkasaroy tumanidagi Newport turar joy majmuasining to‘qqizta blokidan oltitasida qurilish-montaj ishlari inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tazilmasdan olib borilgan, deya ma’lum qildi Qurilish vazirligi. Buyurtmachi Mega Logistics Service kompaniyasiga bir necha bor ko‘rsatmalar berilgan, biroq talablar bajarilmagan. gazeta.uz »

2026-8-5 12:45

O‘zbekiston fuqarolarining Qirg‘izistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddati 15 kungacha uzaytirildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolarning ikki mamlakat hududida bo‘lish qoidalarini soddalashtirdi. 30-iyul kuni imzolangan protokolga muvofiq, ikki davlat fuqarolari qo‘shni mamlakat hududida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddati 5 kundan 15 kungacha uzaytirildi. gazeta.uz »

2026-7-30 17:55

O‘zbekiston va Belarus fuqarolarning ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddatini 10 kungacha uzaytiradi

O‘zbekiston va Belarus rasmiylari fuqarolarning ro‘yxatdan o‘tmasdan mamlakatda bo‘lish muddatini 3 kundan 10 kungacha uzaytiradi. Ushbu o‘zgarishlar Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi yakunlari bo‘yicha imzolangan Fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga doir bayonnomada mustahkamlab qo‘yildi. gazeta.uz »

2026-7-13 10:12

Namanganda 57 ta iPhone’ni ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga 6 ming dollar pora olgan bojxona inspektori qo‘lga olindi

Namangan viloyatida “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti inspektori mobil qurilmalarni noqonuniy ro‘yxatga o‘tkazib berishni va’da qilib pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari boshlangan. gazeta.uz »

2025-7-18 12:15

Bojxona qo‘mitasi IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxlari oshgani haqidagi xabarlarni rad etdi

O‘zbekistonda IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi sezilarli darajada oshganiga doir xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi; rasmiy to‘lov - hali ham 20% BHM (75 ming so‘m). Bojxona qo‘mitasi tushuntirdi: yuzlab dollar miqdoridagi summalar deklaratsiya qilinmagan telefonlar uchun 30% bojxona to‘loviga taalluqli. gazeta.uz »

2025-7-17 18:15

O‘zbekistonda yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatdan o‘tish soddalashtiriladi

O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtiriladi, ma’lum yoshdagilar uchun pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi, xorijlik va fuqaroligi yo‘q kishilarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun Ye-xabar berish tizimi ishga tushiriladi. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-1-25 13:29

Endi joylashgan yeri o‘zgargan tadbirkorlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi

O‘zbekisitonda yuridik shaxslarning joylashgan yeri o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etildi. Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lamaydigan bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-1-15 07:50

Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi avvalgi miqdor — BHMning 10 foiziga qaytarildi

Ichki ishlar vazirligi rahbari avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun avvalgi 10 foizlik BHM stavkasini qaytardi, bir oy oldin bu ko‘rsatkich 68 barobar oshirilgandi. Ammo oshirilgan ro‘yxatga olish to‘lovlari (oddiy avtomobillar uchun 6,84 BHM va elektromobillar uchun 1,5 BHM) o‘zgarishsiz qoldi. gazeta.uz »

2024-5-7 09:58