Ðåçóëüòàòîâ: 59

Toshkentni aylanib o‘tish: Qozog‘iston O‘zbekiston bilan savdo uchun logistika imkoniyatlarini qanday kengaytirmoqchi?

Transport yo‘laklarining tirbandligi, jumladan, Sariag‘ash-Toshkent yo‘nalishidagi yuklama Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanishi o‘sishini cheklamoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Serik Jumangaringa ko‘ra, marshrutlarni yengillatish maqsadida hozirda aylanma yo‘l va yangi temiryo‘l tarmog‘i qurilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-23 18:12

Toshkent hokimligi Amir Temur xiyoboniga yerusti o‘tish joylarini qaytarish taklifini inobatga olishini bildirdi

Toshkent hokimligi Gazeta`ning Amir Temur xiyoboniga xavfsiz yerusti piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish bo‘yicha taklifini inobatga olishini bildirdi. Ma’muriyat “shaharsozlikka oid zamonaviy yondashuvlarga mos keladigan piyodalar infratuzilmasini rivojlantirish g‘oyalariga sodiq qoladi”, deya qayd etdi hokimlik. gazeta.uz »

2026-3-26 16:03

Yerusti o‘tish joylari qaytarilmasa, xiyobon rekonstruksiyasi noto‘liq bo‘ladi — Gazeta fikri

Amir Temur xiyobonini svetoforli yerusti o‘tish yo‘laklarini qaytarmasdan turib rekonstruksiya qilish noto‘liq ish bo‘ladi, deb hisoblaydi Gazeta. Shaharliklar va poytaxt mehmonlarini o‘ziga tortadigan asosiy maskanlardan biri, 17 yildirki, piyodalar uchun qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyatidan mahrumligicha qolmoqda. gazeta.uz »

2026-3-25 20:53

O‘zbekistonda sobiq amaldorlarga ular nazorat qilgan kompaniyalarga o‘tish cheklanishi mumkin

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun 2 yillik “sovutish davri” joriy etilishi mumkin: ular ish ketganidan so‘ng avval nazorat qilgan tashkilotlarda ishlay olmaydilar. Shuningdek, “Korrupsiya xavflari xaritasi” tuziladi, “Toza biznes” dasturi amalga oshiriladi va antikorrupsiyaga oid boshqa tadbirlar ko‘riladi. gazeta.uz »

2026-2-17 15:49

XVJ O‘zbekistonni o‘tish islohotlarini yakunlash va aktivlar deklaratsiyasini tezroq joriy etishga chaqirdi

O‘zbekiston bozor islohotlarida muvaffaqiyatga erishdi, lekin o‘tish davri islohotlarini yakunlashi kerak, deb hisoblaydi XVJ. Jamg‘arma davxizmatchilar daromadlarini deklaratsiyalash qonunini qabul qilishni tezlashtirish, shuningdek, davlat aralashuvidan bozor institutlariga o‘tish va samarali regulyatsiyaga chaqirdi. gazeta.uz »

2025-4-25 19:25

“1 mlrd so‘mni o‘zgartirish rejamiz yo‘q” — Soliq qo‘mitasi QQSga o‘tish chegarasi haqida

QQS to‘lovi uchun belgilangan 1 mlrd so‘mlik yillik aylanma miqdorini o‘zgartirish taklifi berilmoqda. Soliq qo‘mitasi ushbu chegarani qayta ko‘rish rejasi yo‘qligini bildirdi. Mubin Mirzayevga ko‘ra, 1 mlrd so‘m eng optimal summa, mazkur variantda ishlashga qo‘mita ham, tadbirkorlar ham o‘rganib qolgan. gazeta.uz »

2025-4-3 15:34

O‘zbekistonda shampun, tish pastasi va upa importining 80 foizdan ortig‘i 5 ta korxona hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Raqobat qo‘mitasi mamlakatga import qilinayotgan shampunning 84 foizi, tish pastasining 90 foizi, upaning 86 foizi eng yirik 5 ta korxonaga to‘g‘ri kelayotganini ma’lum qildi. Iqtisodchi Behzod Hoshimov bozorning ochiq yoki yopiqligiga qarab konsentratsiya yaxshi ham, yomon ham bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-3-19 15:22

O‘zbekistonda yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatdan o‘tish soddalashtiriladi

O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtiriladi, ma’lum yoshdagilar uchun pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi, xorijlik va fuqaroligi yo‘q kishilarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun Ye-xabar berish tizimi ishga tushiriladi. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-1-25 13:29

2024-yil oxirigacha dorilarning elektron retseptlariga o‘tish rejalashtirilmoqda — SSV rahbari

SSV rahbari 2024-yil oxirigacha Toshkent shahrida dori vositalariga elektron retseptlar joriy etish rejalarini ma’lum qildi. Bu tizim raqobat muhitini yaratib, shifokorlarning “juda ko‘p keraksiz dori-darmonlar"ni yozib berishining, shuningdek, kontrabanda mahsulotlari sotilishining oldini oladi, dedi u. gazeta.uz »

2024-7-4 20:40