Ðåçóëüòàòîâ: 9

Tadbirkorlarni bayramoldi chegirma va aksiyalarini qo‘llashda qonunchilik talablariga rioya qilish haqida ogohlantirdik — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni bayramoldi chegirma va aksiyalarini tashkil etishda qonunchilik talablariga rioya qilish yuzasidan ogohlantirdi. Sotuvchilar iste’molchilarni chegirma va aksiya to‘g‘risida barcha zarur ma’lumotlar bilan ta’minlashi shartligi hamda chegirma qo‘llash taqiqlangan tovar turlari eslatildi. gazeta.uz »

2025-12-11 11:32

Markaziy bank axborotlarni oshkor etish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etmagan banklarga jarima qo‘lladi

Markaziy bank iste’molchilar uchun axborotlarni oshkor etish va davlat tili bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tijorat banklarining veb-saytlarini monitoringdan o‘tkazdi. Unda regulyator qator kamchiliklar va qonunbuzilish holatlarini aniqlab, 18 ta bankka 102 mln so‘mdan jarima qo‘lladi. gazeta.uz »

2025-11-10 13:05

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi talablariga rioya qilishni so‘rab telekanallarga xat yubordi

Raqobat qo‘mitasi so‘nggi vaqtlarda OAVda reklama tarqatishda “qonunchilik talablari buzilishi” fonida barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi. Qo‘mita ulardan bir oy ichida reklama faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirishni so‘rab, aks holda moliyaviy sanksiyalar qo‘llashdan ogohlantirdi. gazeta.uz »

2024-8-13 20:33